O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi oshdi

© Press-slujba prezidenta RTVistavka selxozproduksii v Sogdiyskoy oblasti
Vistavka selxozproduksii v Sogdiyskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Obuna bo‘lish
Zavkizoda O‘zbekiston Tojikistonning asosiy strategik sheriklaridan biri ekanligini ta’kidladi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi rahbari Zavki Zavkizoda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalarning 8-yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Zavkizoda O‘zbekiston Tojikistonning asosiy strategik sheriklaridan biri deb aytdi.
Premyer-ministri Uzbekistana i Tadjikistana Abdulla Aripov i Koxir Rasulzoda  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2021
O‘zbekiston va Tojikiston savdo aylanmasini qanday qilib 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yilning birinchi choragida davlatlar o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 104 million dollardan oshdi. Bu ko‘rsatkich 2020-yilning shu davriga nisbatan 23,1 million dollarga ko‘p.
Muzokaralar davomida tomonlar asosiy e’tiborni savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalarga qaratishga kelishib oldilar, shuningdek, Tojikistonning erkin iqtisodiy zonalarida qo‘shma korxonalar qurishni muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida vazirlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Yangiliklar lentasi
0