Qozog‘iston va O‘zbekiston umumiy turistik viza joriy etishni yakunlamoqda - Abduhakimov

Aziz Abduxakimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, Silk Road Visa tashabbusi ilk bor Qozog‘iston tomonidan 2018-yilda bildirilgan edi.
TOShKENT, 18-may – Sputnik. Qozog‘iston va O‘zbekiston Silk Road Visa - ko‘p martali turistik viza joriy etishning barcha texnik masalalarini hal qilishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti O‘zbekiston Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimovga asosan.
“Silk Road Visaning kuchga kirish sanasini ikki tomonlama komissiya hal qiladi. Ayni damda barcha texnik masalalar hal qilingan, yakuniy qaror arafasida turibmiz. Davlat ichki muvofiqlashtirish jarayonlaridan o‘tishimiz kerak”, - dedi Abduhakimov.
Vazir aytishiga ko‘ra, loyihani amalga oshirish uchun maxsus portal ishlaydi. U yerda xorijiy fuqarolar ariza qoldiradi. Ularga javob 48 soat ichida keladi.
“Bugun bizning loyihamizga yana bir necha davlatlar qo‘shilish istagini bildirishgan. Xususar Qirg‘iziston juda faol harakat qilmoqda, Ozarbayjon bilan ham ishlanmalar bor. Keyinchalik loyihaga Tojikiston, Mongoliya va qator Kavkaz Respublikalari ham qo‘shilishi mumkin. Muzokaralar olib borilmoqda”, - dedi Abduhakimov.
Eslatib o‘tamiz, Silk Road Visa tashabbusi ilk bor Qozog‘iston tomonidan 2018-yilda bildirilgan edi. O‘shanda Qozog‘iston rahbariyati o‘z hududiga faqatgina turistik obyektlarga boy bo‘lgan O‘zbekiston bilan birgalikda turistlar oqimini jalb qilishi mumkinligini ta’kidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0