O‘zbekistonda elektromobillarni sotib olish va olib kirish uchun yig‘im bekor qilinishi mumkin

© AP Photo / Michel EulerElektromobil Citroen e-C4 vo vremya prezentatsii dlya SMI v Parije
Elektromobil Citroen e-C4 vo vremya prezentatsii dlya SMI v Parije - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Obuna bo‘lish
Yangi qonun elektromobillarni sotib olish va (yoki) O‘zbekiston hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutapti.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. 18-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qildi. Bu haqda parlamentning quyi palatasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qonun loyihasi bilan elektr dvigateli orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalarini sotib olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im to‘lashdan ozod etilishi nazarda tutilyapti.
Avvalroq O‘zbekiston MDHda hamkorlar bilan elektromobil ishlab chiqarish hamkorligini rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirgani xabar qilingan edi.
Kompaniya Tesla predstavila novie modeli elektromobiley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2021
Elektromobillar alohida raqam olishlari mumkin
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorijdan 91 ta elektromobil import qilingan. Ular uchun 1,8 million dollar sarflangan.
Yangiliklar lentasi
0