Termizdagi maktabda sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirishga 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhi jalb qilindi

Obuna bo‘lish
Yong‘in natijasida maktab 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zaralangan.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 6-umumta’lim maktabida yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan xabarga ko‘ra, yong‘in 17-may kuni kelib chiqqan.
Hodisa joyiga Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhi soat 10:05da yetib borgan. Soat 10:15 da yong‘in qurshab olingan va soat 10:40 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida bino 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zaralangan. Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0