https://oz.sputniknews.uz/20210517/qirgiziston-va-tojikiston-chegarada-qolga-olinganlar-bilan-ozaro-almashdi-18767778.html
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarada qo‘lga olinganlar bilan o‘zaro almashdi
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarada qo‘lga olinganlar bilan o‘zaro almashdi
Sputnik O‘zbekiston
Har ikki mamlakat asirga olingan fuqarolari kaltaklanganini iddao qilmoqda. 17.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-17T17:39+0500
2021-05-17T17:39+0500
2021-05-17T17:39+0500
dunyoda
o‘zbekiston
qirg‘iziston
qirg‘iz-tojik chegarasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/11/18767298_0:44:2855:1649_1920x0_80_0_0_0ecb4beea920cf5c66e44e86c2194daf.jpg
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston chegarada qo‘lga olingan fuqarolar bilan o‘zaro almashdi. Bu haqda RIA Novosti Qirg‘iziston davlat chegara xizmati ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.Qirg‘iziston tomoni taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, uch nafar Tojikiston fuqarosi tranzit yo‘lidan o‘tish qoidasini buzganlik uchun qo‘lga olingan. Shu vaqtda 30-40 nafar tojikistonliklar Vorux anklavi orqali Tamdik shaharchasidan Aksay qishlog‘iga ketayotgan uch nafar Qirg‘iziston fuqarosini o‘zboshimchalik bilan ushlashgan. “Respublikalarning Botken va So‘g‘d viloyatlari rahbarlarining muzokaralari o‘tkazildi, ular yakuniga ko‘ra qo‘lga olinganlar bilan o‘zaro almashish qarori qabul qilindi. Bugun soat 13:30 daqiqada ikki respublikaning qo‘lga olingan fuqarolari tomonlarga topshirilgan”, - deyilgan xabarda.Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, tojikistonliklar tomonidan qo‘lga olingan Qirg‘iziston fuqarolari kaltaklangan. O‘z navbatida, tojik OAVlarining yozishicha, Tojikiston fuqarolari ham qo‘lga olinishdan oldin kaltaklangan.Aprel oxirida Qirg‘iziston va Tojikistonning chegara yaqinidagi hududlarda yashovchi aholisining mojarosi ikki mamlakatning qurolli to‘qnashuvini keltirib chiqardi. Qirg‘iz va tojik chegarachilarining to‘qnashuvlari olti soatdan ziyod davom etgan. To‘qnashuvlardan har ikki tomondan 50 nafardan ziyod kishi halok bo‘lgan, 300 nafarga yaqin kishi jabrlangan. 300 tadan ziyod uylar infratuzilma obyektlar vayron qilingan yoki yoqib yuborilgan. Sulh to‘g‘risidagi bitim 30-aprel kuni kechqurin imzolagan.Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring! >>
https://oz.sputniknews.uz/20210503/qirgiziston-va-tojikiston-oz-qoshinlarini-chegaradan-olib-chiqishni-yakunladi-18602189.html
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/11/18767298_61:0:2792:2048_1920x0_80_0_0_d031a13c98656ce62080080552540c77.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, o‘zbekiston, qirg‘iziston, qirg‘iz-tojik chegarasi
dunyoda, o‘zbekiston, qirg‘iziston, qirg‘iz-tojik chegarasi
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarada qo‘lga olinganlar bilan o‘zaro almashdi
Har ikki mamlakat asirga olingan fuqarolari kaltaklanganini iddao qilmoqda.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston chegarada qo‘lga olingan fuqarolar bilan o‘zaro almashdi. Bu haqda RIA Novosti Qirg‘iziston davlat chegara xizmati ma’lumotlariga tayangan holda
xabar bermoqda.
Qirg‘iziston tomoni taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, uch nafar Tojikiston fuqarosi tranzit yo‘lidan o‘tish qoidasini buzganlik uchun qo‘lga olingan. Shu vaqtda 30-40 nafar tojikistonliklar Vorux anklavi orqali Tamdik shaharchasidan Aksay qishlog‘iga ketayotgan uch nafar Qirg‘iziston fuqarosini o‘zboshimchalik bilan ushlashgan.
“Respublikalarning Botken va So‘g‘d viloyatlari rahbarlarining muzokaralari o‘tkazildi, ular yakuniga ko‘ra qo‘lga olinganlar bilan o‘zaro almashish qarori qabul qilindi. Bugun soat 13:30 daqiqada ikki respublikaning qo‘lga olingan fuqarolari tomonlarga topshirilgan”, - deyilgan xabarda.
Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, tojikistonliklar tomonidan qo‘lga olingan Qirg‘iziston fuqarolari kaltaklangan. O‘z navbatida, tojik OAVlarining
yozishicha, Tojikiston fuqarolari ham qo‘lga olinishdan oldin kaltaklangan.
Aprel oxirida Qirg‘iziston va Tojikistonning chegara yaqinidagi hududlarda yashovchi aholisining mojarosi ikki mamlakatning qurolli to‘qnashuvini keltirib chiqardi. Qirg‘iz va tojik chegarachilarining to‘qnashuvlari olti soatdan ziyod davom etgan. To‘qnashuvlardan har ikki tomondan 50 nafardan ziyod kishi halok bo‘lgan, 300 nafarga yaqin kishi jabrlangan. 300 tadan ziyod uylar infratuzilma obyektlar vayron qilingan yoki yoqib yuborilgan. Sulh to‘g‘risidagi bitim 30-aprel kuni kechqurin imzolagan.