O‘zbekiston va Rossiya: vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik

Obuna bo‘lish
Rossiya-O‘zbekiston ikki strategik sheriklar o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanmoqda: siyosat, iqtisodiyot, savdo, sanoat, gumanitar va madaniy sohalarda.
Koronavirus pandemiyasining og‘ir sinovli davrda davlatlar bir-birlariga moddiy va professional yordam ko‘rsatdilar.
Pandemiya va global lokdaunga qaramay, o‘tgan 2020-yilning o‘zida O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 300 dan ortiq korxona tashkil etildi, savdo aylanmasi 5,6 milliard dollarga yetdi.
2021 yilda keng ko‘lamli qo‘shma tadbirlar kutilmoqda, masalan, ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi. Lekin eng asosiy voqea - Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga bo‘lajak tashrifi, hozirda tashrif doirasida imzolanadigan hujjatlarni tayyorlash jarayoni ketmoqda.
Moskva va Toshkent xalqaro platformalar doirasida ham muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. Xususan, 2020-yil dekabr oyida O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini oldi.
Yangiliklar lentasi
0