O‘zbekiston Dominika bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

© IA "Dunyo"Podpisanie Sovmestnogo kommunike ob ustanovlenii diplomaticheskix otnosheniy mejdu Respublikoy Uzbekistan i Sodrujestvom Dominiki
Podpisanie Sovmestnogo kommunike ob ustanovlenii diplomaticheskix otnosheniy mejdu Respublikoy Uzbekistan i Sodrujestvom Dominiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2021
Obuna bo‘lish
Dominika Hamdo‘stligi O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 137-mamlakat bo‘ldi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. 14 may kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Dominika Hamdo‘stligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzolandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibragimov va Dominikaning BMTdagi doimiy vakili, elchi Lorin Bannis-Roberts imzoladi.
Dominika Hamdo‘stligi Karib dengizining sharqida joylashgan orol davlatdir. Mamlakat maydoni 751 kvadrat kilometrdan iborat. Aholi soni 70 ming kishini tashkil etadi. Dominika BMT, Millatlar Hamdo‘stligi, Karib Hamjamiyati (CARICOM), Karib umumiy bozori va Sharqiy Karib davlatlari tashkiloti a’zosi hisoblanadi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT tuzilmasi doirasida birgalikdagi ishlarni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishini tasdiqladi. O‘zbekiston va Dominika Hamdo‘stligi o‘rtasidagi hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni muntazam davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Dominika Hamdo‘stligi O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 137-mamlakatga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0