Namanganda YTHga uchragan “Neksiya” yo‘lovchisi halok bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDorojniy znak na meste avarii
Dorojniy znak na meste avarii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2021
Obuna bo‘lish
“Neksiya”ni ishonchnoma asosida boshqargan 33 yoshli fuqaro yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, olma daraxtiga urilgan.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Namagan viloyatidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
YTH 11-may kuni 09:30 larda Chortoq-Yangiqo‘rg‘on yo‘lining 22 km.da Gulshan MFY hududida ro‘y bergan. “Neksiya”ni ishonchnoma asosida boshqargan chortoqlik 33 yoshli fuqaro harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan.Natijada yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, olma daraxtiga urilgan.
Haydovchi va mashinada yo‘lovchi bo‘lgan 38 yoshli ayol turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Biroq ayol muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
V rezultate dorojno-transportnogo proisshestviya (DTP), proizoshedshego v Kasbiyskom rayone Kashkadarinskoy oblasti, pogibli 7 chelovek. Sredi pogibshix bili deti 1 i 4 let - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
Qashqadaryodagi mudhish YTH biryo‘la 7 kishini hayotdan olib ketdi
Holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘lishiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Yangiliklar lentasi
0