Koronavirusga chalinganlar soni 251 nafarga ortdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRabota virusologicheskoy laboratorii, gde proizvoditsya analiz na novuyu koronavirusnuyu infeksiyu
Rabota virusologicheskoy laboratorii, gde proizvoditsya analiz na novuyu koronavirusnuyu infeksiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2021
Obuna bo‘lish
O‘tgan kun davomida Toshkent shahrida yangi kasallanish holatlari keskin oshdi. Shuningdek Toshkent va Samarqand viloyatlarida ham yangi kasallanish holatlari soni 25dan ortik.
TOShKENT, 15-may - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 251 nafarga ortdi, deb xabar qilmoqda Respublika Sanitar-epidemiologik osoyishtalik markazi.
2021 yil 14-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 96368 (+251) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
168 nafari Toshkent shahrida,
28 nafari Toshkent viloyatida,
26 nafari Samarqand viloyatida aniqlangan.
Shuningdek Xorazm viloyatida - 6 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida - 5 nafardan, Jizzaxda - 3 kishi, Buxoro va Navoiyda - 2 kishidan va Surxondaryo viloyatida - 1 kishi aniqlangan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3870 nafar bemor davolanmoqda, ularning 232 nafari og‘ir, 69 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0