Ramazon hayiti dam olish kunlarida turizm obyektlarida chegirmalar e’lon qilindi

© SputnikDostoprimechatelnosti v Buxare
Dostoprimechatelnosti v Buxare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2021
Obuna bo‘lish
Respublikadagi 237ta mehmonxona va 141ta oshxonalarda Ramazon hayti dam olish kunlarida 3-40%gacha chegirmalar e’lon qilindi.
TOShKENT, 14-may - Sputnik. Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan O‘zbekistondagi qator mehmonxona va ovqatlanish muassasalarida chegirmalar e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi.
"13-14-15-mayda aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish, ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb etish maqsadida, turizm sohasidagi tadbirkorlik subektlari tashabbusi bilan respublikadagi 237 ta mehmonxona va mehmon uyi xizmatlari uchun 3-40 % gacha hamda 141 ta umumiy ovqatlanish joyidagi xizmatlarga 5-43 % gacha foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi", - deyilgan xabarda.
Undan tashqari madaniy me’ros obyektlari va ziyoratgohlarga kirish uchun ham chegirmalar joriy etilgan.
Xususan 46 ta madaniy meros obektlariga - 30% gacha, 33 ta muzeylarda 30% gacha chegirma, (ulardan 12 tasiga kirish bepul) joriy etilgan.
Shu bilan birga Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi aholi gavjum jamoat joylarda ijtimoiy masofani saqlash zarurligini eslatib o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0