Sirdaryoda YHXB xodimlariga tuhmat qilgan shaxs javobgarlikka tortildi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
Obuna bo‘lish
Mast haydovchi ikki nafar YHXB xodimlari uni urganligini iddao qilgan. Biroq bu tuhmatligi aniqlangan va u jazolangan.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida ikki nafar YHXB xodimlariga tuhmat qilgan fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 12-aprel kuni fuqaro K.D. Sayxunobod tumani hududida “N” va “S” ismli YHXB xodimlari urganligi holati yuzasidan Tibbiyot birlashmasiga murojaat qilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas’ullari xizmat tekshiruvi o‘tkazgan.
Aniqlanishicha, viloyat IIB YHXB katta inspektori katta serjant B.N. hamda IIB PPX va JTSB inspektori safdor X.Y. 11-aprel kunidan 12-aprel kuniga qadar "Sayxun" blok postiga sutkalik xizmatga jalb etilgan. Ular xizmat davomida "VAZ-2106" haydovchisi K.D.ni to‘xtatib, uning hujjatlarini ko‘zdan kechirishgan. Haydovchidan spirtli ichimlik hidi anqib turganligi sababli u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Zaklyuchenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Prezidentni Internetda haqoratlagan yoki unga tuhmat qilganlar 5-yilgacha qamalishi mumkin
Sirdaryo viloyati narkologiya dispanserining ma’lumotnomasiga ko‘ra, haydovchi K.D. “alkogol mastlik holati”da ekanligi ko‘rsatilgan.
Shundan so‘ng haydovchi K.D.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, uning "VAZ-2106" avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Tasdiqlangan xizmat tekshiruvi xulosasi yakuniga ko‘ra, to‘plangan hujjatlarda fuqaro K.D.ning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasida (Tuhmat) ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomati mavjud bo‘lgan. Shu sabab ish sudga oshirilgan.
Jinoyat ishlar bo‘yicha Sayxunobod tuman sudi huquqbuzar K.D.ni YHXB xodimlariga tuhmat qilishda aybdor deb topgan. Unga BHMning 3 (uch) barobari miqdorida, ya’ni 735 000 so‘m jarima jazosi tayinlagan.
Yangiliklar lentasi
0