Ramzan Qodirov Habibga “Axmat” klubi vakili bilan jang qilishni taklif qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXabib Nurmagomedov
Xabib Nurmagomedov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
Obuna bo‘lish
Ramzan Qodirov Habib Nurmagomedovning "Axmat" klubida jang uchun har qanday gonorarni berishga tayyor ekanligini aytdi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Habib Nurmagomedovga “Axmat” klubi vakili bilan jang uchun har qanday gonorar to‘lashga tayyor ekanligini aytdi.
Ramzan Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Habib Nurmagomedov UFC proyekti bo‘lgan.
“Habib – juda yaxshi sportchi, ammo UFC loyihasi. Nurmagomedov - loyiha, chunki u promoushn rahbari Dana Uayt bilan yaxshi munosabatda. U yerda yaxshi janglar bo‘ladi. E’tibor bering, agar kimdir janglarni o‘tkazib yuborsa, ular reytingdan olib tashlanadi, Habibga esa hech qachon tegishmagan”, - deydi Qodirov Instagram sahifasida joylashtirilgan videomurojaatda.
Qodirov “nima uchun Habib Rossiya Federatsiyasi yoki Dog‘iston bayrog‘i bilan janglarga chiqmaydi?”, - deb savol beradi.
Murojaat davomida Checheniston rahbari Habibga “Axmat” klubi vakiliga qarshi jang qilishni taklif qildi.
"Men “Axmat”da har qanday vaznni (har qanday vazn toifasidagi jangchi - Sputnik) qo‘yishga tayyorman va agar Habib “Axmat”da chiqish qilsa, men har qanday gonorarni berishga tayyorman. Agar u “Axmat”da jamoadoshimiz bilan jang qilsa, UFCga qaraganda ko‘proq pul to‘lashga tayyorman. Kim g‘olib bo‘lishini ko‘ramiz! Eng kuchli g‘olib bo‘lsin!" - deya xulosa qildi Checheniston rahbari.
Habib Nurmagomedov so‘nggi jangini 2020-yil oktabrida o‘tkazdi. Unda u amerikalik Jasti Getji ustidan 29-g‘alabani qo‘lga kiritdi. Habib barcha janglarda g‘alaba qozongan.
Yangiliklar lentasi
0