O‘zbekiston bo‘ylab Ramazon hayiti namozida 2,5 milliondan ziyod kishi qatnashdi
O‘zbekiston bo‘ylab Ramazon hayiti namozida 2,5 milliondan ziyod kishi qatnashdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida 106 ta masjidda 497 ming kishi namozda ishtirok etgan. Xususan, “Hazrati Imom” majmuasiga 18 ming kishi kelgan. 13.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Respublikadagi 2021 ta masjidlarda 2 million 576 ming kishi Ramazon hayiti namozini ado etdi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov ma’lum qildi.Toshkent shahrida 106 ta masjidda 497 ming kishi namozda ishtirok etgan. Xususan, “Hazrati Imom” majmuasiga 18 mingdan, “Shayx Zayniddin” masjidiga 30 mingdan ziyod hamda “Quddusi Sharif” masjidiga 20 mingga yaqin namozxon tashrif buyurdi.Hayit munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga jami 13,4 mlrd so‘mga yaqin moddiy yordam ko‘rsatildi.“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan 8 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga 543 mln so‘m miqdorida moddiy yordam berildi va bu ishlar davom etmoqda.Bu yil butun islom dunyosida Ramazon hayiti 13-may kuni nishonlashmoqda.
Toshkent shahrida 106 ta masjidda 497 ming kishi namozda ishtirok etgan. Xususan, “Hazrati Imom” majmuasiga 18 ming kishi kelgan.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Respublikadagi 2021 ta masjidlarda 2 million 576 ming kishi Ramazon hayiti namozini ado etdi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov ma’lum qildi.
Toshkent shahrida 106 ta masjidda 497 ming kishi namozda ishtirok etgan. Xususan, “Hazrati Imom” majmuasiga 18 mingdan, “Shayx Zayniddin” masjidiga 30 mingdan ziyod hamda “Quddusi Sharif” masjidiga 20 mingga yaqin namozxon tashrif buyurdi.
Hayit munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga jami 13,4 mlrd so‘mga yaqin moddiy yordam ko‘rsatildi.