Moskva IIV Migratsiya bosh boshqarmasi muhim murojaat bilan chiqdi

© Sputnik / Denis Grishkin / Mediabankka o‘tishPosetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo
Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya IIV Moskva migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi migrantlarga muhim murojaat bilan chiqdi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Rossiya IIV Moskva migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2020-yil 18-apreldagi 274-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakat hududida migrantlarning huquqiy maqomini tartibga solish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Mazkur qaror 2021 yil 15-iyungacha amal qilishi tufayli 1-maydan to hozirgi kungacha Moskvada ishlash maqsadida patent olish uchun arizalar bilan kelgan xorijiy fuqarolarning oqimi 2 baravarga oshdi. Migrantlar asosan soat 8-00 dan 12-00 gacha migratsiya markaziga kelishi kuzatilmoqda.
Moskva shahrining "Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi" har kuni, dam olish va ta’til kunlarisiz, soat 8-00dan 20-00 gacha patentlarni rasmiylashtirish uchun arizalarni qabul qiladi, deb xabar qildi Moskva IIBB.
Chet el fuqarolari to‘planib qolmasligi va nizoli vaziyatlarning oldini olish maqsadida Moskva “Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi"da xorijiy fuqarolarni qabul qilish oynalari soni ko‘paytirilib, ish vaqti soat 7-30dan 20-00 gacha uzaytirildi.
Xorijiy fuqarolarga murojaat qilgan kunida, shu jumladan ish vaqti tugagandan so‘ng oxirgi mijozga qadar xizmatlar ko‘rsatiladi.
IIBB navbatlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralar buzilmasligi uchun butun ish kuni davomida patent olish uchun hujjatlar bilan murojaat qilish tavsiya qildi.
Yangiliklar lentasi
0