Kamilov Tojikistonning yangi elchisidan ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi

© Press-slujba MID RUzAbdulaziz Kamilov prinyal novogo posla Tadjikistana Abdudjabbora Raxmonzoda.
Abdulaziz Kamilov prinyal novogo posla Tadjikistana Abdudjabbora Raxmonzoda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV rahbari ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib olib, elchini O‘zbekistonda faoliyat boshlagani bilan tabrikladi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikistonning mamlakatda yangi elchisi etib tayinlangan Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Kamilov ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib olib, elchini O‘zbekistonda faoliyat boshlagani bilan tabrikladi hamda ushbu yuqori va mas’uliyatli lavozimda muvafaqqiyatlar tiladi.
Abdudjabbor Raxmonzoda. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2021
Tojikistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Uchrashuv chog‘ida ikki birodar mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi sababli bugun kunda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari jadal rivojlanayotgani, yangi yo‘nalishlarni qamrab olib, amaliy mazmun bilan boyiyotgani qayd etildi.
shuningdek, tomonlar oliy va yuqori darajada bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdi hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashdi.
Eslatib o‘tamiz, Abdujabbor Rahmonzoda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning 4-maydagi farmoni bilan mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0