O‘zbekistonga to‘rt oyda qariyb 2 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kelib tushdi

© SS0 / Unsplash / Infrarate.comKupura, illyustrativnoe foto
Kupura, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmi 1,99 mlrd dollarni tashkil etdi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmi 1,99 mlrd dollarni tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 663 mln dollarga oshdi. Bundan Markaziy bank ma’lumotlari darak bermoqda.
Yanvar oyida O‘zbekistonga 427 mln dollar, fevralda 464 mln dollar jo‘natilgan. Martda mamlakatga 525 mln dollar, aprelda esa 577 mln dollar kelib tushgan.
Dollari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
Uch oy ichida O‘zbekistonga 1,42 milliard dollar o‘tkazma jo‘natildi
Shu bilan bir qatorda, chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori 478 mln dollarga yetdi. Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo qariyb 1,52 mlrd dollarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmi 1,42 mlrd dollarni tashkil etgan edi.
O‘tgan yili esa O‘zbekistonga 6 mlrd dollardan ziyod pul o‘tkazmalari kelib tushgan.
Yangiliklar lentasi
0