Moskva masjidlarida bu yilgi hayit namozi ommaviy bo‘lmaydi

© Sputnik / Gleb Kiselev / Mediabankka o‘tishMoskovskaya sobornaya mechet otkrilas posle rekonstruksii
Moskovskaya sobornaya mechet otkrilas posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, Moskvadagi musulmonlarga Ro‘za hayiti namozini oila davrasida o‘qish tavsiya etildi, shayx Ravil G‘aynutdin nutqi onlayn translyatsiya qilinadi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Moskvaning eng yirik Jome, Tarixiy hamda Xotira masjidlarida 2021-yilgi Ro‘za hayiti namozi ommaviy bo‘lmaydi. Bu haqida Rossiya Musulmonlari Ma’naviy boshqarmasi (DUM) matbuot xizmati xabar qildi.
“2021 yilning 13-may kuni - Id il-Fitr – Ro‘za-bayramini nishonlash kuni Moskvaning Jome, Tarixiy va Xotira masjidlarida hayit namozlari ommaviy bo‘lmaydi. Ushbu kunda masjidlar keluvchilarni qabul qilmaydi”, - deyilgan xabarda.
Hayit namozlarida faqat ushbu uch masjid ulamolari hamda Rossiya Musulmonlar boshqarmasi vakillari ishtirok etishadi. Muftiy shayx Ravil G‘aynutdinning chiqishi Rossiya DUMining rasmiy YouTube-kanalida translyatsiya qilinadi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ommaviy tadbirlarda ummaning koronavirusga chalishin xavfi yuqori bo‘lgani hamda Moskvada ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ta’qiq saqlanib qolayotgani sababli ana shunday qaror qabul qilingan.
Rossiya Musulmonlar ma’naviy boshqarmasi hayit namozini uyda o‘qishni va bayram tadbirlarini oila davrasida o‘tkazishni so‘raydi, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0