https://oz.sputniknews.uz/20210512/mirziyoev-mamlakat-iqtisodiy-muvaffaqiyatiga-baho-berdi-18697876.html
Mirziyoyev mamlakat iqtisodiy muvaffaqiyatiga baho berdi
Mirziyoyev mamlakat iqtisodiy muvaffaqiyatiga baho berdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, agar hamma tarmoq rahbarlari “aravani tortganida” bu ko‘rsatkichlar ikki barobar ko‘p bo‘lardi. 12.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-12T17:19+0500
2021-05-12T17:19+0500
2021-05-12T17:19+0500
iqtisod
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0c/18695073_0:40:1280:761_1920x0_80_0_0_e377876820344b7ff5d3a1cd03a90310.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida respublikaning 2021-yil birinchi chorakdagi iqtisodiy muvaffaqiyatlariga baho berdi.Davlat rahbari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, birinchi chorakda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 3 foizga, sanoat 3,8 foizga, qishloq xo‘jaligi 3,1 foizga o‘sgan. Davlat budjeti daromadlari prognozga nisbatan qariyb 2 trillion so‘mga ko‘paygan. Eksport hajmi yanvar-aprel oylarida 3,2 milliard dollarni tashkil etgan.Prezident agar hamma tarmoq rahbarlari “aravani tortganida” bu ko‘rsatkichlar ikki barobar ko‘p bo‘lgan bo‘lishini ta’kidladi. Vazirliklarning “vertikal tizimi” ishlamayotganini tanqid qildi.“Vazirlarda tashabbuskorlik, ularning o‘rinbosarlarida vakolat va javobgarlik yetishmayapti. Korrupsiyaga chek qo‘ysak, joylarda tizim ishlasa, viloyat, tuman va shahar hokimlari mas’uliyatini oshirsa, iqtisodiyot o‘zi rivojlanadi”, - dedi u.Yig‘ilishda ayrim tarmoq va hududlardagi sustkashliklar ko‘rsatib o‘tildi. Misol uchun, birinchi chorakda “O‘zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foiz, “O‘zbekneftgaz” tizimida 4,7 foiz, charm mahsulotlari tarmog‘ida 10 foizga pasaygan. So‘nggi yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshgan bir paytda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 22 foizga kamaygan. Shuningdek, 74 ta yirik hududiy korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,1 trillion so‘m kamayishiga yo‘l qo‘yilgan.Mirziyoyev bunday qoloqliklarni bartaraf etish, qo‘shimcha zaxiralarni topib, amalda ishga solish kerakligini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210429/ozbekiston-va-xitoy-tovar-ayirboshlash-hajmini-10-milliard-dollarga-etkazmoqchi-18555091.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0c/18695073_81:0:1218:853_1920x0_80_0_0_d8de99cf13213e30d82a8c040c941163.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, iqtisod
iqtisod, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, iqtisod
Mirziyoyev mamlakat iqtisodiy muvaffaqiyatiga baho berdi
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, agar hamma tarmoq rahbarlari “aravani tortganida” bu ko‘rsatkichlar ikki barobar ko‘p bo‘lardi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida respublikaning 2021-yil birinchi chorakdagi iqtisodiy muvaffaqiyatlariga baho berdi.
Davlat rahbari matbuot xizmatining
ma’lum qilishicha, birinchi chorakda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 3 foizga, sanoat 3,8 foizga, qishloq xo‘jaligi 3,1 foizga o‘sgan. Davlat budjeti daromadlari prognozga nisbatan qariyb 2 trillion so‘mga ko‘paygan. Eksport hajmi yanvar-aprel oylarida 3,2 milliard dollarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkichlar, albatta, yaxshi. Bunga erishish uchun qonunlar, qarorlar qabul qilib, juda katta imkoniyatlar yaratdik, mablag‘lar berdik.
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti
Prezident agar hamma tarmoq rahbarlari “aravani tortganida” bu ko‘rsatkichlar ikki barobar ko‘p bo‘lgan bo‘lishini ta’kidladi. Vazirliklarning “vertikal tizimi” ishlamayotganini tanqid qildi.
“Vazirlarda tashabbuskorlik, ularning o‘rinbosarlarida vakolat va javobgarlik yetishmayapti. Korrupsiyaga chek qo‘ysak, joylarda tizim ishlasa, viloyat, tuman va shahar hokimlari mas’uliyatini oshirsa, iqtisodiyot o‘zi rivojlanadi”, - dedi u.
Yig‘ilishda ayrim tarmoq va hududlardagi sustkashliklar ko‘rsatib o‘tildi. Misol uchun, birinchi chorakda “O‘zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foiz, “O‘zbekneftgaz” tizimida 4,7 foiz, charm mahsulotlari tarmog‘ida 10 foizga pasaygan. So‘nggi yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshgan bir paytda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 22 foizga kamaygan. Shuningdek, 74 ta yirik hududiy korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,1 trillion so‘m kamayishiga yo‘l qo‘yilgan.
Mirziyoyev bunday qoloqliklarni bartaraf etish, qo‘shimcha zaxiralarni topib, amalda ishga solish kerakligini ta’kidladi.