Prezident maktabiga qabul: imtihonlar, qabul kvotasi va "a’lo baho" masalasi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentskaya shkola v Tashkente
Prezidentskaya shkola v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
Obuna bo‘lish
Keyingi vaqtlarda nufuzi tobora oshib borayotgan Prezident maktablariga qabul kunlari va kirish imtihoni tartibi ma’lum qilindi. Batafsil Sputnik O‘zbekiston muxbiri materialida
TOShKENT, 11-may - Sputnik. Prezident maktablariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni joriy yilda pandemiya sababli onlayn amalga oshiriladi, talabgor platforma orqali ota-onasi yordamida hujjatlarni e’tibor bilan to‘ldirishi kerak bo‘ladi, deya ma’lum qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Xilola Umarova.

Prezident maktablari har bir viloyatda ochiladi

Xilola Umarovaning aytishicha, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufida hozirda 16 maktab ta’lim jarayonini olib bormoqda. Ulardan 4 tasi Prezident maktabi, 9 tasi ijod maktabi, 3 tasi ixtisoslashtirilgan maktablardir.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentskaya shkola v Tashkente
Prezidentskaya shkola v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
Prezidentskaya shkola v Tashkente
Hozirga qadar Toshkent shahri, Namangan, Xiva va Nukus shaharlarida Prezident maktablari faoliyat ko‘rsatayotgan edi, ammo joriy o‘quv yilidan yana 10 ta yangi Prezident maktablari Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Qashqadaryo, Andijon, Guliston, Navoiy, Termiz, Nurafshon shaharlarida ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Uch bosqichli qabul

Bu yil Prezident maktablariga qabul uch bosqichdan iborat bo‘ladi.
Birinchi bosqich - bu hujjatlar qabulidir.
Prezident maktblariga hujjatlar qabuli 5-iyun sanasidan boshlanadi va 25-iyunga qadar davom etadi.
Bu yil pandemiya sababli hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.
Har bir hudud uchun alohida ishchi guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, ushbu ishchi guruhlar har bir kelib tushgan hujjatlarni tekshirib, qabul qilib borishadi.

Kirish imtihonlari tafsilotlari

Kirish imtihonlari 2 bosqichdan iborat: birinchi: saralash bosqichi matematika fanidan bo‘lib, 20-25 iyulga rejalashtirilgan. Talabgorlar bunda 30ta test savoliga javob beradilar.
Ikkinchi: yakuniy imtihonlar 20-23 avgustga rejalashtirilgan bo‘lib, o‘quvchi bunda tanqidiy fikrlash, muammolarni yechish va ingliz tili fanidan savollarga javo beradi.
O‘tgan o‘quv yilida pandemiya sababli kirish imtihonlari bo‘lmagan. Joriy yilda 10 ta hududda 5 sinfdan 9-sinfgacha, qolgan 4 ta maktabda 5-6 sinflar uchun qabul jarayonlari bo‘ladi.
Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5 sinf uchun 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ikkita sinfga bir xil - 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi.
Valentina Matviyenko pobivala v prezidentskoy shkole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2019
Valentina Matviyenko Toshkent shahridagi prezident maktabini borib ko‘rdi
Yangi tashkil etilgan prezident maktablarining 1-yilida 5-10 sinflar kesimida jami 144 nafar o‘quvchilar saralab olinadi.
Prezident maktablariga kirish imtihonlarining o‘tkazish muddati va joylari Qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

Prezident maktabiga o‘qishga kirishni istagan har bir talabgordan:
1. Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki "kinder" pasport nusxasi;
2. Belgilangan shakldagi ma’lumotnoma (ma’lumotnoma talabgor ta’lim olayotgan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak);
3. 3x4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan);
4. Baholar tabelining nusxasi;
5. Talabgor hamda uning ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning fuqarolik pasportlari ma’lumotlari (telefon raqami, elektrogn pochta manzili).
Talabgorning hujjatlari ishchi organ tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng ularga hujjatlar qabul qilinganligi yoki rad etilganligi haqida xabar yuboriladi.

Prezident maktabiga faqat a’lochilar qabul qilinadimi?

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Xilola Umarovaning aytishicha, Prezident maktablariga hujjat topshirish uchun talabgorlar STEM fanlardan 2020/2021 o‘quv yilini a’lo bahoga tugatgan bo‘lishlari shart.
Aniq fanlar - STEM fanlarini "besh" baholarga bitirgan o‘quvchilar imtihonga kiritiladi.
© SputnikPrezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Xilola Umarovaning aytishicha, Prezident maktablariga hujjat topshirish uchun talabgorlar STEM fanlardan 2020/2021 o‘quv yilini a’lo bahoga tugatgan bo‘lishlari shart.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Xilola Umarovaning aytishicha, Prezident maktablariga hujjat topshirish uchun talabgorlar STEM fanlardan 2020/2021 o‘quv yilini a’lo bahoga tugatgan bo‘lishlari shart. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Xilola Umarovaning aytishicha, Prezident maktablariga hujjat topshirish uchun talabgorlar STEM fanlardan 2020/2021 o‘quv yilini a’lo bahoga tugatgan bo‘lishlari shart.
Xilola Umarova "Imtihon olinsa, tabeldagi baholar nega hal qiluvchi rol o‘ynayapti", degan savolga javob berar ekan, joriy yilda taxminan 200 ming nafar o‘quvchi imtihonga qatnashishi kutilayotgani, va tabeldagi baholar birinchi bosqichda o‘ziga xos seleksiya vazifasini o‘tashini ma’lum qildi. "Iqtidorli bola bo‘lsa, u bu fanlardan besh olishda qiyinchilikka duch kelmaydi", - deya xulosa qiladi Umarova.

Imtihon natijalari qayerda e’lon qilinadi?

Kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot Cambridge Assessment (Buyuk Britaniya) tomonidan amalga oshiriladi va hamda Prezident maktablarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
Ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkiloti Cambridge Assessment kirish imtihonlari jarayonlarining shaffofligi va xavfsizligini ta’minlaydi.
Kirish imtihonlariga taalluqli barcha materiallar (so‘rovnomalar, testlar, javoblar va boshqalar) maxfiy xarakterga ega hisoblanadi hamda ularning maxfiyligi ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va Davlat test markazi tomonidan ta’minlanadi.
Kirish imtihonlari videokuzatuv va boshqa texnik vositalarni qo‘llagan holda maxsus ajratilgan joylarda o‘tkaziladi.
Prezident maktabi direktori To‘raboy Shermatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2021
O‘zbekistonda prezident maktablari soni yana 10taga ko‘payadi
Kirish imtihonlari takroran o‘tkazilmaydi.
Kirish imtihonlarini o‘tkazish paytida talabgorlar, kuzatuvchilar, bino rahbarlari hamda ishchi guruhining mas’ul shaxslariga aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish ta’qiqlanadi.
Talabgorlarga kirish imtihonlariga ma’lumotnoma materiallari va elektron hisoblash texnikasini olib kirish va foydalanish ta’qiqlanadi.
Ushbu Nizomning talablari buzilganda ishchi guruhning mas’ul shaxslari talabgorni majburiy tartibda chetlatish dalolatnomasini tuzgan holda kirish imtihonlaridan chetlashish huquqiga egadirlar.
Kirish imtihonlari (1-2 bosqich) natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0