https://oz.sputniknews.uz/20210511/ozbekiston-va-frantsiya-hamkorligi-tomonlar-nimalarga-kelishib-oldi-18666876.html
O‘zbekiston va Fransiya hamkorligi: tomonlar nimalarga kelishib oldi
O‘zbekiston va Fransiya hamkorligi: tomonlar nimalarga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston – Fransiya Hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda hamkorlikni rivojlantirishga oid qator hujjatlar imzolandi. 11.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-11T10:54+0500
2021-05-11T10:54+0500
2021-05-11T10:54+0500
iqtisod
o‘zbekiston
hamkorlik
fransiya
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0b/18666433_122:410:1175:1002_1920x0_80_0_0_84c55318e5a4aef567fd6a673d7e9559.jpg
TOShKENT, 11-may — Sputnik. 10-may kuni savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Fransiya Hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.Bugungi kunda O‘zbekistonda Fransiya kapitali ishtirokidagi 44 ta korxona qurilish, turizm, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritmoqda . Xususan, “Airbus”, “Total Eren”, “Eiffage”, “Thales”, “Vinci”, “Rungis”, “Orano”, “Suez”, “Leroy Merlin”, “Sanofi”, “Fives” kabi yirik fransuz kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalar ishga tushirilgan.Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha imzolandi:Shuningdek, O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari hamda Fransiya kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikka oid qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210510/parijdagi-luvr-muzeyida-ozbekiston-korgazmasi-bolib-otadi-18659515.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0b/18666433_0:0:1300:975_1920x0_80_0_0_595304b90452619a5009c47b327cd5b4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, fransiya, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, fransiya, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
O‘zbekiston va Fransiya hamkorligi: tomonlar nimalarga kelishib oldi
O‘zbekiston – Fransiya Hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda hamkorlikni rivojlantirishga oid qator hujjatlar imzolandi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. 10 may kuni savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Fransiya Hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
xabar qildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Fransiya kapitali ishtirokidagi 44 ta korxona qurilish, turizm, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritmoqda . Xususan, “Airbus”, “Total Eren”, “Eiffage”, “Thales”, “Vinci”, “Rungis”, “Orano”, “Suez”, “Leroy Merlin”, “Sanofi”, “Fives” kabi yirik fransuz kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalar ishga tushirilgan.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha imzolandi:
O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Fransiya Tashqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik vazirligi o‘rtasida 2021-2030 yillarga mo‘ljallangan ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik uchun “Yo‘l xaritasi”;
Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
“Beldirsoy-Chimon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini yaratish loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha moliyaviy bayonnoma;
“Suez” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan Toshkent shahrida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risida moliyaviy bayonnoma;
“Total Eren” kompaniyasi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki va “Proparco” Fransiya taraqqiyot agentligi bo‘linmasi bilan birgalikda Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha moliyaviy bitim.
Shuningdek, O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari hamda Fransiya kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikka oid qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.