Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining moddiy ta’minoti yanada kuchaytiriladi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishBoyevie nagradi i yubileynie medali veterana Velikoy Otechestvennoy voyni
Boyevie nagradi i yubileynie medali veterana Velikoy Otechestvennoy voyni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
Obuna bo‘lish
1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori – 2,5 million so‘m etib belgilanadi.
TOShKENT, 11-may - Sputnik. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining moddiy ta’minotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston prezidentining Farmoni e’lon qilindi.
Veteran VOV Urazali Pirmanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2021
Bulung‘urlik veteranga prezident sovg‘asi topshirildi
2021 yil 10-maydan boshlab 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – 2,5 million so‘m etib belgilanadi.
Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlarga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0