Fazoviy mo‘’jiza: o‘zbekistonliklar noyob tabiat hodisaning guvohi bo‘lishdi

© Yest Video — UzbekistanSolnechnoe galo
Solnechnoe galo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonliklar noyob tabiat hodisaning guvohi bo‘lishdi
TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekistonliklar osmonda antiqa optik hodisa – galo (doira, aylana)ga guvohi bo‘lishdi.
Video Andijon viloyatida suratga olinganligi taxmin qilinmoqda.
Galo quyosh atrofida kamalak kabi hosil bo‘ladi. Biroq, bu ikki tabiiy hodisa o‘rtasida farq bor.
Kamalak suv tomchilarida yorug‘likning sinishi natijasida paydo bo‘ladi. Galo esa ilm-fan nuqtayi nazaridan bulutlarda joylashgan muz kristallari orqali o‘tadigan va yo‘nalishini o‘zgartiradigan nur hisoblanadi.
Bundan tashqari, kamalakda 7ta rangni ko‘rish mumkin. Quyosh galosi ko‘pincha faqat qizil va to‘q sariq ranglarda bo‘ladi. Qolgan ranglar bir-biriga aralashadi va oq rangga o‘xshaydi.
Yangiliklar lentasi
0