BMT o‘z xodimlarini “Sputnik V” bilan emlanishga chaqirdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishShpris i ampula na fone logotipa "Sputnik V".
Shpris i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
Obuna bo‘lish
Antoniu Guterrish “Sputnik V” bilan emlash ishlarini o‘tkazayotgan mamlakatlarda ishlayotgan BMT xodimlarini bu vaksina bilan emlanishga chaqirishini aytdi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) o‘z xodimlarini Rossiyaning koronavirusga qarshi“Sputnik V” vaksinasidan foydalanishga ruxsat berilgan mamlakatlarda u bilan emlanishga chaqirdi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Moskvaga tashrifi arafasida Rossiya OAVlariga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz, albatta, “Sputnik” bilan emlash ishlarini o‘tkazayotgan mamlakatlarda ishlayotgan BMT xodimlarini bu vaksina bilan emlanishga chaqiramiz”, - dedi Gutteresh. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Noviy punkt vaksinatsii ot COVID-19  v TS Troyka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2021
Tokiodagi o‘zbekistonlik sportchilar “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanishdi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Puti MT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqida tashkilot xodimlariga bepul vaksina taqdim etish taklifini bildirgan edi.
“Sputnik V” vaksinasidan allaqachon 64 ta mamlakatda foydalanishga ruxsat berilgan. Bu mamlakatlarning umumiy aholisi 3,2 milliarddan ziyod kishini tashkil etadi. “Lancet” xalqaro ilmiy jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinaning samaradorligi 91 foizdan yuqoriroq. Bu bugungi kunda eng yuqori ko‘rsatgichlardan biri sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0