https://oz.sputniknews.uz/20210508/deputat-samarqandda-noqonuniy-qurilishni-toxtatishga-prokurorning-ham-kuchi-etmayapti-18640847.html
Deputat: Samarqandda noqonuniy qurilishni to‘xtatishga prokurorning ham kuchi yetmayapti
Deputat: Samarqandda noqonuniy qurilishni to‘xtatishga prokurorning ham kuchi yetmayapti
Sputnik O‘zbekiston
Deputat Ahrorov ushbu masalaga yechim topish maqsadida tizim mutasaddilari va tegishli huquq-tartibot organlari sessiyada hisobot berishini taklif qildi 08.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-08T09:34+0500
2021-05-08T09:34+0500
2021-05-08T10:29+0500
jamiyat
samarqand viloyati
deputat
qurilish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0c/18284436_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_a62f122e93b9e4c67af3dfdee8f24e2d.jpg
TOShKENT, 8-may – Sputnik. Samarqandlik deputatlar noqonuniy qurilishlar bo‘yicha soha mas’ullari va prokurorni eshitadi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar bermoqda.Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘ttizinchi sessiyasida deputat Aziz Ahrorov navbatdagi sessiyada qurilish sohasi mas’ullarining hisobotini eshitish taklifini bildirdi.Ahrorov “Nima uchun deputat so‘roviga bunday munosabatda bo‘linyapti, nega noqonuniy qurilishni to‘xtatishga prokurorning ham kuchi yetmayapti?”, degan savollarni o‘rtaga tashlab, tizim mutasaddilari va tegishli huquq-tartibot organlari sessiyada hisobot berishini taklif qildi.Deputatning taklifi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20190521/zboshimchalik-oibati-Samarandda-noonuniy-urilgan-kp-avatli-uylar-buzilmoda-11555653.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0c/18284436_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_5301c6ba976121f9f950cbcbdadb6196.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, samarqand viloyati, deputat, qurilish
jamiyat, samarqand viloyati, deputat, qurilish
Deputat: Samarqandda noqonuniy qurilishni to‘xtatishga prokurorning ham kuchi yetmayapti
09:34 08.05.2021 (yangilandi: 10:29 08.05.2021) Deputat Ahrorov ushbu masalaga yechim topish maqsadida tizim mutasaddilari va tegishli huquq-tartibot organlari sessiyada hisobot berishini taklif qildi
TOShKENT, 8-may – Sputnik. Samarqandlik deputatlar noqonuniy qurilishlar bo‘yicha soha mas’ullari va prokurorni eshitadi. Bu haqda
“Zarafshon” gazetasi xabar bermoqda.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘ttizinchi sessiyasida deputat Aziz Ahrorov navbatdagi sessiyada qurilish sohasi mas’ullarining hisobotini eshitish taklifini bildirdi.
“Nazarimda, qurilish, ayniqsa, xususiy ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi borasida noqonuniy ishlar ko‘payib borapti. <...> noqonuniy qurilmani soha mutasaddilari, hatto prokuratura ham to‘xtatolmayapti, shekilli. Xuddi shunga o‘xshash holat Samarqand shahrining yana bir hududi – Minsk ko‘chasida kuzatilyapti. Bitta narsani to‘g‘ri tushunishimiz kerak, ertaga mulkiy da’vo paydo bo‘lsa to‘lov mahalliy budjetdan amalga oshiriladi. Ya’ni, odamlarimiz "yemagan somsaga pul to‘lashlari"ga to‘g‘ri keladi”,
- deputat Aziz Ahrorov.
Ahrorov “Nima uchun deputat so‘roviga bunday munosabatda bo‘linyapti, nega noqonuniy qurilishni to‘xtatishga prokurorning ham kuchi yetmayapti?”, degan savollarni o‘rtaga tashlab, tizim mutasaddilari va tegishli huquq-tartibot organlari sessiyada hisobot berishini taklif qildi.
Deputatning taklifi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.