https://oz.sputniknews.uz/20210507/shavkat-mirziyoev-qozogistonning-birinchi-prezidenti-bilan-telefon-orqali-muloqot-qildi-18639668.html
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Sputnik O‘zbekiston
Suhbatda O‘zbekiston-Qozog‘iston ko‘p qirrali hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. 07.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-07T20:56+0500
2021-05-07T20:56+0500
2021-05-07T20:56+0500
siyosat
o‘zbekiston
qozog‘iston
shavkat mirziyoyev
nursulton nazarboyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/733/93/7339326_19:0:1263:700_1920x0_80_0_0_e0a08e00225bbf8424f2329c299bff17.jpg
TOShKENT, 7-may - Sputnik. O‘zbekistonprezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.Yetakchilar G‘alaba kuni va yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon hayiti bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.Suhbatda O‘zbekiston-Qozog‘iston ko‘p qirrali hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.Turli darajalardagi faol va samarali ikki tomonlama muloqotlar tufayli hamkorlik ijobiy sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 28 foizga o‘sdi. O‘tgan oyda chegaraoldi hududlardan birida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro markaz qurilishi boshlandi.Ustuvor investitsiya va infratuzilma loyihalarini birgalikda tayyorlash va amalga oshirish, jumladan, Uchquduq–Qizilo‘rda avtomobil va temir yo‘llari hamda Turkiston-Toshkent tezurar temir yo‘lini qurish ishlari olib borilmoqda.Ikki mamlakat hududlari yaqindan hamkorlik qilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv borasidagi muhim dasturlar davom ettirilmoqda.O‘zbekiston prezidenti va elboshi birodar xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, ishonch va sheriklik ruhidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhim ekanini alohida ta’kidladilar.
https://oz.sputniknews.uz/20210507/mirziyoev-putin-bilan-telefon-orqali-muloqot-qildi-18638237.html
https://oz.sputniknews.uz/20210506/qozogiston-va-ozbekiston-osiyo-shengenini-joriy-etmoqda-18629108.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/733/93/7339326_174:0:1107:700_1920x0_80_0_0_ef50af7d1dfc15f8da5b18bc9bbcb8d7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, qozog‘iston, shavkat mirziyoyev, nursulton nazarboyev
siyosat, o‘zbekiston, qozog‘iston, shavkat mirziyoyev, nursulton nazarboyev
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Suhbatda O‘zbekiston-Qozog‘iston ko‘p qirrali hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
TOShKENT, 7-may - Sputnik. O‘zbekistonprezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Yetakchilar G‘alaba kuni va yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon hayiti bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Suhbatda O‘zbekiston-Qozog‘iston ko‘p qirrali hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Turli darajalardagi faol va samarali ikki tomonlama muloqotlar tufayli hamkorlik ijobiy sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 28 foizga o‘sdi. O‘tgan oyda chegaraoldi hududlardan birida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro markaz qurilishi boshlandi.
Ustuvor investitsiya va infratuzilma loyihalarini birgalikda tayyorlash va amalga oshirish, jumladan, Uchquduq–Qizilo‘rda avtomobil va temir yo‘llari hamda Turkiston-Toshkent tezurar temir yo‘lini qurish ishlari olib borilmoqda.
Ikki mamlakat hududlari yaqindan hamkorlik qilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv borasidagi muhim dasturlar davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti va elboshi birodar xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, ishonch va sheriklik ruhidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhim ekanini alohida ta’kidladilar.