Davlat va jamoat arbobi Rustam Qosimov vafot etdi

Kasimov Rustam Sobirovich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2021
Obuna bo‘lish
Rustam Sobirovich Qosimovning og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etgani munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya, hamdardlik bildirilmoqda
TOShKENT, 7-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi Rustam Qosimov 65 yoshida og‘ir xastalikdan so‘ng olamdan o‘tdi.
Rustam Sobirovich Qosimov 1956-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
U 2001-2004 yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari, 2004-2008 yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri - 2004-2009 yillarda bosh vazirning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan. 2009-2011 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida ishlagan, 2011-yilda lavozimni tark etib, pensiyaga chiqqan.
U 2016-yil sentabrida yana bosh vazir o‘rinbosari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimini egallagan.
2017 yil iyunida O‘zbekiston prezidenti Davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari – Tashkiliy-kadr xizmati rahbari – O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlangan (shu kungacha akademiya rektori edi), 2017-yil noyabr oyi oxirida esa O‘zbekiston prezidentining Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi etib tayinlangan. 2018-yilda prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagan. U 2019-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga ham rektorlik qilib kelayotgandi.
Kun.uz nashrining yozishicha, bundan oldinroq Rustam Qosimov og‘ir kasallik tufayli ta’tilga chiqqani va uning o‘rniga Shoazim Minovarov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajara boshlagani haqida xabarlar tarqalgandi.
Yangiliklar lentasi
0