Rossiyada “Sputnik Layt” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishOtkritie punktov vaksinatsii v torgovix sentrax Yekaterinburga
Otkritie punktov vaksinatsii v torgovix sentrax Yekaterinburga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Bir komponentli "Sputnik Layt" vaksinasi ro‘yxatdan o‘tdi, uning samaradorligi 79,4 foiz, bu ikki ukolli ko‘plab vaksinalarga qaraganda yuqori. RIA Novosti xabariga asosan.
Xabarda aytilishicha, “Sputnik layt” koronavirusning barcha yangi shtammlarga qarshi samarali hisoblanadi.
“Sputnik Layt” qo‘llangandan so‘ng 28 kuni ko‘ngillilarning 96,9 foizida IgG antigenga xos antinachalar hosil bo‘ldi. Koronavirusning S-oqsiliga hujayrali immunitet reaksiyasi 100 % emlanganlarda ugoldan keyingi 10-kunida hosil bo‘ladi.
Klinicheskie ispitaniya vaksini Sputnik Layt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Rossiyada “Sputnik Layt” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi
Shu bilan birga, “Sputnik V” Rossiya Federatsiyasida emlashning asosiy vositasi bo‘lib qolmoqda va uning bir komponentli muqobilini chet elga eksport qilish rejalashtirilgan.
18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan kishilarni bu vaksina bilan emlash ko‘zda tutilmoqda.
“Sputnik Layt” bir komponentli vaksina Gamaleya nomidagi milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazida yaratildi. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi joriy yilning yanvar oyida preparatning klinik sinovlarini o‘tkazishga ruxsatnomani berdi.
Klinik sinovning uchinchi bosqichi Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Gana va boshqa davlatlarda bo‘lib o‘tmoqda, ularda 7 ming kishi qatnashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0