Velopoyga tufayli Chovoq yo‘nalishida uch kun davomida tushgacha harakat cheklanadi

Velogonka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2021
Obuna bo‘lish
Musobaqa tufayli 6,7,8 may kunlari Bektemir – Chirchiq – G‘azalkent – Chorbog‘ yo‘nalishlarida soat 14:00ga qadar harakat cheklanadi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan Bo‘stonliq tumanida "Bektemir – Chirchiq – G‘azalkent – Chorbog‘" avtomobil yo‘lida ma’lum vaqtlarda transport harakati cheklanadi, deb xabar qilmoqda YHXBB.
6 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Chorbog‘ avtomobil yo‘lining 34-54 kilometrlari oralig‘i;
7 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Toshkent – Chorbog‘ – Chimon avtomobil yo‘lining 34-71 kilometrlari oralig‘i;
8 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Chirchiq shahri – Chirchiq Olimpiya zahiralar kolleji avtomobil yo‘lida transport harakati cheklanishini ma’lum qilamiz.
Velosportning shosse turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida erkaklar, ayollar hamda 2003-2004 yillarda tug‘ilgan yoshlar (qizlar) veloshossening jamoa, kreterium va juftlik poygalari bo‘yicha mamlakat chempionligi uchun o‘zaro bellashadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning yanvar oyida O‘zbekistonda velosport bo‘yicha birinchi professional jamoa - “Uzbekistan Cycling Pro Team” tashkil etilishi e’lon qilingan edi. Jmoa shtab-kvartirasi Sloveniyada joylashgan bo‘lib, unga 16 nafar erkak va ayol sportchilar, jumladan Murodjon Xolmurodov va Olga Zabelinskaya kabi professional sportchilar jalb etilishi rejalashtirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0