Navbatdagi Boeing 787 Dreamliner samolyoti O‘zbekistonga yetib keldi. Birinchi Dreamliner 2016-yilning avgust oyida olib kelingan edi. 05.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 5-may – Sputnik. Beshinchi may kuni Toshkent xalqaro aeroportida VS Boeing 787 Dreamliner samolyoti tantanali kutib olindi. Bu O‘zbekiston uchun oltinchi “drimlayner” bo‘ldi. Yangi samolyot yengil kompozit materiallardan yasalgan bo‘lib, u aeroportlarda shovqin miqdori oldingi seriyalarga qaraganda 60% ga kamaytirilgan. Shuningdek uchish masofasi va yonilg‘i tejamkorligi oshirilgan. Samolyot saloni keng va qulay, zamonaviy havto tozalash tizimi va qo‘shimcha qulayliklar bilan jihozlangan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston havo yo‘llari Markaziy Osiyoda birinchi folydalanuvchisi bo‘lgan edi. Kompaniya ilk samolyotdan foydalanishni 2016-yil avgustda boshlagan edi. Ushbu samolyot bir vaqtning o‘zida AQShda Orolbo‘yi hududi uchun mo‘ljallangan insonparvarlik yordamini ham olib keldi. Project C. U. R. E doirasida umumiy qiymati 100 ming dollar bo‘lgan yordam tibbiy uskunalar, invalidlar aravachalari, shifoxona karavot va matraslari olib keldi.
Navbatdagi Boeing 787 Dreamliner samolyoti O‘zbekistonga yetib keldi. Birinchi Dreamliner 2016-yilning avgust oyida olib kelingan edi.
TOShKENT, 5-may – Sputnik. Beshinchi may kuni Toshkent xalqaro aeroportida VS Boeing 787 Dreamliner samolyoti tantanali kutib olindi. Bu O‘zbekiston uchun oltinchi “drimlayner” bo‘ldi.
Yangi samolyot yengil kompozit materiallardan yasalgan bo‘lib, u aeroportlarda shovqin miqdori oldingi seriyalarga qaraganda 60% ga kamaytirilgan. Shuningdek uchish masofasi va yonilg‘i tejamkorligi oshirilgan. Samolyot saloni keng va qulay, zamonaviy havto tozalash tizimi va qo‘shimcha qulayliklar bilan jihozlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston havo yo‘llari Markaziy Osiyoda birinchi folydalanuvchisi bo‘lgan edi. Kompaniya ilk samolyotdan foydalanishni 2016-yil avgustda boshlagan edi.
Ushbu samolyot bir vaqtning o‘zida AQShda Orolbo‘yi hududi uchun mo‘ljallangan insonparvarlik yordamini ham olib keldi. Project C. U. R. E doirasida umumiy qiymati 100 ming dollar bo‘lgan yordam tibbiy uskunalar, invalidlar aravachalari, shifoxona karavot va matraslari olib keldi.