Samarqandda xorijlik shifokorlar yordamida bolalarda murakkab operatsiya o‘tkazilmoqda

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishBolnitsa skoroy meditsinskoy pomoshi v Volgograde
Bolnitsa skoroy meditsinskoy pomoshi v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2021
Obuna bo‘lish
Yosh bolalarda uchraydigan tug‘ma kasallik xorijiy va mahalliy shifokorlar yordamida, murakkab jarrohlik operatsiyasi yordamida davolanmoqda.
TOShKENT, 05-may – Sputnik. Samarqandda mahalliy va xorijiy shifokorlar bilan hamkorlikda tug‘ma gipospadiya kasaliga chalingan bolalarda murakkab operatsiyalar o‘tkazmoqda, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.
Respublika bolalar tibbiy markazi direktori o‘rinbosari Saidanvar A’zamxo‘jayev aytishiga ko‘ra, oldin ana shunday tashhis qo‘yilgan bolalar 3-5 marotaba operatsiya qilingan. Bugun mahalliy hamda rossiyalik shifokorlar bilan yo‘lga qo‘yilgan amaliyotga ko‘ra, ushbu kasallik bitta operatsiyada davolanmoqda.
Ushbu murakkab jarrohlik amaliyoti narxi qimmatiligi tufayli ham oldin ko‘p oilalar uni amalga oshira olmagan. Lekin so‘nggi yillarda O‘zbekistonda joriy etilgan “temir daftar” amaliyoti tufayli bir necha o‘nlab bolalar ushbu operatsiyani bepul o‘tkazish imkoniga ega bo‘lgan.
“Samarqand viloyatida 10ta ana shunday operatsiya, butun Respublika bo‘yicha 50 ta operatsiya o‘tkazish rejalashtirilgan”, - deydi Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekistondagi vakili Dyu Uk Jin.
Tug‘ma gipospadiya har 300ta boladan birida uchrashi mumkin. Ulardan o‘rtacha 30% murkakkab turdagi tug‘ma nuqsonlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0