Rossiya qo‘shinlari O‘zbekistonga kiritilmaydi – Mudofaa vazirligi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVizit Ministra oboroni RF Sergeya Shoygu v Uzbekistan
Vizit Ministra oboroni RF Sergeya Shoygu v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2021
Obuna bo‘lish
MV: Rossiya qo‘shinlarini O‘zbekistonga kiritish yoki O‘zbekiston askarlarining Rossiya hududidagi qurolli mojarolarda ishtirok etishi - assosiz vahimalardir.
TOShKENT, 5-may – Sputnik. O‘zbekiston Rossiya bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirmoqda xolos, vahimaga o‘rin yo‘q, deb rasmiy bayonot berdi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi.
“Ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish – O‘zbekiston tashqi siyosatining mantiqiy davomidir. Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikning O‘zbekiston Respublikasi uchun turli oqibatlari to‘g‘risidagi bir yoqlama mulohazalar asossizdir”, - deyilgan rasmiy bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilgan edi. Ushbu tashrifdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda turli asossiz mish-mishlar tarqala boshladi.
Mudofaa vazirligi ana shunday vahimalarni tarqatayotganlarga O‘zbekiston Konstitutsiyasi va harbiy doktrinasidagi ayrim muhim punktlarni eslatib o‘tdi:
o‘z hududida chet el harbiy bazalari va obyektlarining joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Qurolli Kuchlarning xorijdagi tinchlik o‘rnatish bilan bog‘liq operatsiyalarda va harbiy mojarolarda ishtirok etmasligi".
Shunngdek, Mudofaa vazirligi Rossiya O‘zbekistonning ko‘p yillik ishonchli harbiy hamkori ekanini yana bir bor ta’kidladi.
Bunday hamkorlikning asosini avvalombor, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 2004-yil 16-iyulda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma hamda 2005-yil 14-noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma tashkil etadi.
Bugungi kunda Rossiya O‘zbekiston aholisining tinch hayotini ta’minlash, shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga qurol va harbiy texnika yetkazib berish bo‘yicha sherik bo‘lib qolmoqda, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0