O‘zbekistonda emlanganlar soni bir millionga yaqinlashmoqda

© SputnikVaksinatsiya Sputnik V
Vaksinatsiya Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2021
Obuna bo‘lish
Emlanganlar soni bo‘yicha Farg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlari yetakchilik qilmoqda.
TOShKENT, 5-may - Sputnik. O‘zbekistonda emlanganlar soni 1 million kishiga yaqinlashmoqda. Bu haqida Sanitariya-Epidemiologiya hizmati xabar qilmoqda.
Xususan, 5-may ertalabki ma’lumotlarga ko‘ra, Respublika bo‘yicha jami emlanganlar soni 963 894 kishini tashqil qilgan. Ulardan 21006 kishi vaksinaning 2 dozasini olgan.
Bugungi kunda emlanganlar soni bo‘yicha Farg‘ona viloyati (127 ming), Andijon viloyati (109 ming), Namangan viloyati (103 ming) va Samarqand viloyatlari (96 ming) yetakchilik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar O‘zbekistonga 660 ming doza AstraZeneka, 2 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi hamda 100 ming doza Sputnik vaksinalari olib kelgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, shu kunga qadar O‘zbekistonda vaksina olgan fuqarolar orasida o‘lim holatlari qayd etilmagan.
Yangiliklar lentasi
0