G20 turizm vazirlari kovid-pasportlar joriy etish tarafdori

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishViza v pasporte
Viza v pasporte - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2021
Obuna bo‘lish
Turizm va iqtisodni rivojlantirish uchun G20 davlatlari kovid-passportlari joriy etishni taklif qilishmoqda, lekin ekspertlar - bu inson huquqlari buzilishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda.
TOShKENT, 5-may - Sputnik. Italiya raisligida bo‘lib o‘tgan G20 davlatlari majlisida, turizm vazirlari kovid-pasportlari joriy etishni yoqlab chiqishdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.
“Katta yigirmatalik” davlatlari vaksinatsiya pasportlari joriy etishni yoqlab chiqishdi. Ushbu chora dunyoda turizmni hamda iqtisodni tiklash uchun muhim omil bo‘lishi mumkin, - deb Italiya turizm vaziri Massimo Garavalyuning so‘zlarini keltiradi nashr.
Rossiya turoperatorlar Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Dmitriy Gorin BFMga aytishiga ko‘ra, kovid-pasportlari n asosida, balkim PSR test hamda antitanachalar-testi natijalariga asosan ham chegaralarni ochish kerak. O‘shanda har kim o‘ziga qulay bo‘lgan hujjatni tayyorlashi mumkin.
“Faqat kovil pasportlar asosida chegaralarni ochish – inson huquqlari buzilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, ayrimlarga vaksina olishi mumkin emas”, - deydi Gorin.
Buxara, stariy gorod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2019
Yil boshidan buyon O‘zbekistonga qancha turist keldi
Eslatib o‘tamiz, mart oyining o‘rtasida Yevrokomissiya “yashil sertifikat” hujjati loyihasini taqdim etgan edi. Unga ko‘ra emlangan va koronavirusga chalinib tuzalgan fuqarolarga “yashil-sertifikat” berish rejalashtirilgan. Ushbu hujjat iyun o‘rtalarida joriy etilishi mumkin. U jumladan “Sputnikom V” bilan emlangan rossiyalik sayyohlarga ham berilishi mumkin. Ayni damda rossiyalik turistlar uchun Gretsiya, Xorvatiya, Bolgariya va Chernogoriya chegaralari ochilgan.
Yangiliklar lentasi
0