Emomali Rahmon 8-may kuni Moskvaga keladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Tadjikistana E. Raxmon
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Tadjikistana E. Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2021
Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidenti Moskvada G‘alaba paradida ishtirok etishi hamda tojik-qirg‘iz chegarasida bo‘lib o‘tgan mojarolarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 5-may – Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 8-may kuni Moskvaga keladi. Bu haqida Sputnik Tojikiston xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Emomali Rahmon Moskvada 9-may kuni bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Tojikiston prezidenti Vladimir Putin bilan yaqinda tojik-qirg‘iz chegarasida bo‘lib o‘tgan voqealarni ham muhokama qiladi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytishiga qaraganda Tojikiston prezidentining ushbu tashrifi tojik-qirg‘z chegarasidagi voqealardan oldin belgilangan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Ikkinchi jahon urushida erishilgan G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari va G‘alaba paradi, koronavirus pandemiyasi tufayli 24-iyunga ko‘chirilgan edi. Unda O‘zbekiston, Serbiya, Belarus, Moldova, Qozog‘iston, Tojikiston prezidentlari ishtirok etishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0