https://oz.sputniknews.uz/20210504/uch-oy-ichida-qariyb-400-kishi-ythda-halok-bolgan-18607261.html
Uch oy ichida qariyb 400 kishi YTHda halok bo‘lgan
Uch oy ichida qariyb 400 kishi YTHda halok bo‘lgan
Sputnik O‘zbekiston
Joriy yil birinchi choragida O‘zbekistonda 1491 ta YTH qayd etilib, ularda 394 kishi vafot etdi, 1168 kishi jarohatlandi. 04.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-04T10:36+0500
2021-05-04T10:36+0500
2021-05-04T10:36+0500
hodisalar
yth
avariya
yhhb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/12/15809187_0:197:1000:760_1920x0_80_0_0_3f2e02572dd717525ab858230c692cd2.jpg
TOShKENT, 4-may — Sputnik. IIV YHXBB 2021-yilning birinchi choragida sodir etilgan YTH yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi.Qayd etilishicha, yanvar—mart oylarida 1491 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Unda 394 kishi halok bo‘lgan va 1168 kishi jarohat olgan.Hududlar kesimida eng ko‘p YTH — Toshkent (208 ta) va Farg‘ona (212) viloyatlari hamda Toshkent (170) shahrida kuzatilgan.620 ta avtohalokat piyodalar ishtirokida sodir bo‘lgan, 162 tasi velosipedchi, 95 tasi bolalar, 10 tasi motosiklchilar ishtirokida sodir bo‘lgan.Baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari tezlikni oshirish — 37,8 foiz, piyodalar o‘tish joylari yo‘qligi sababli yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tish — 15,3 foiz, ustunlikka ega transportga yo‘l bermaslik — 12,4 foiz, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketish — 7,6 foiz.Yo‘l-transport hodisalarining "obyektiv sabablari" qatorida transport vositalarini noto‘g‘ri boshqarish va sifatsiz yo‘llar 4,2 foizni, shuningdek, veloyo‘laklar bo‘lmagan joylarda velosipedchilarni urib ketish 4,2 foizni tashkil etgan.Haydovchining tajribasizligi barcha baxtsiz hodisalarning 5,8 foiziga sabab bo‘lgan, harakat davomida uxlab qolish – 3,3 foiz va transportni mast holda boshqarish 2,6 foiz YTHga sabab bo‘lgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210422/ozbekistonda-yomon-yollar-sabab-qariyb-2-yil-ichida-191-kishi-halok-bolgan-18452034.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/12/15809187_0:10:1000:760_1920x0_80_0_0_0afef84e8d8bee5b04b5a9e423919727.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , yth, avariya, yhhb
hodisalar , yth, avariya, yhhb
Uch oy ichida qariyb 400 kishi YTHda halok bo‘lgan
Joriy yil birinchi choragida O‘zbekistonda 1491 ta YTH qayd etilib, ularda 394 kishi vafot etdi, 1168 kishi jarohatlandi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. IIV YHXBB 2021-yilning birinchi choragida sodir etilgan YTH yuzasidan ma’lumotlarni
e’lon qildi.
Qayd etilishicha, yanvar—mart oylarida 1491 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Unda 394 kishi halok bo‘lgan va 1168 kishi jarohat olgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p YTH — Toshkent (208 ta) va Farg‘ona (212) viloyatlari hamda Toshkent (170) shahrida kuzatilgan.
620 ta avtohalokat piyodalar ishtirokida sodir bo‘lgan, 162 tasi velosipedchi, 95 tasi bolalar, 10 tasi motosiklchilar ishtirokida sodir bo‘lgan.
Baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari tezlikni oshirish — 37,8 foiz, piyodalar o‘tish joylari yo‘qligi sababli yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tish — 15,3 foiz, ustunlikka ega transportga yo‘l bermaslik — 12,4 foiz, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketish — 7,6 foiz.
Yo‘l-transport hodisalarining "obyektiv sabablari" qatorida transport vositalarini noto‘g‘ri boshqarish va sifatsiz yo‘llar 4,2 foizni, shuningdek, veloyo‘laklar bo‘lmagan joylarda velosipedchilarni urib ketish 4,2 foizni tashkil etgan.
Haydovchining tajribasizligi barcha baxtsiz hodisalarning 5,8 foiziga sabab bo‘lgan, harakat davomida uxlab qolish – 3,3 foiz va transportni mast holda boshqarish 2,6 foiz YTHga sabab bo‘lgan.