O‘zbekiston bosh davlat sanitariya vrachi COVID-19 ga qarshi emlandi

© Press-slujba Minzdrava UzbekistanaZamministra zdravooxraneniya Uzbekistana Baxodir Yusupaliyev privilsya uzbeksko-kitayskoy vaksinoy
Zamministra zdravooxraneniya Uzbekistana Baxodir Yusupaliyev privilsya uzbeksko-kitayskoy vaksinoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2021
Obuna bo‘lish
Bahodir Yusupaliyev koronavirus qarshi ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i, bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev koronavirus qarshi emlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, Yusupaliyev ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini olgan.
“Aholini ommaviy emlash jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mana men ham koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandim. Bu bilan o‘zim, oila a’zolarimning salomatligini himoya qilishim mumkin”, – dedi Bahodir Yusupaliyev.
3 may holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga qarshi emlangan fuqarolar soni 911 811 nafarga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0