https://oz.sputniknews.uz/20210504/mashinistlar-qozogistonga-1-mln-dollardan-ortiq-xorijiy-valyutani-olib-chiqishga-urindi-18609918.html
Mashinistlar Qozog‘istonga 1 mln dollardan ortiq xorijiy valyutani olib chiqishga urindi
Mashinistlar Qozog‘istonga 1 mln dollardan ortiq xorijiy valyutani olib chiqishga urindi
Sputnik O‘zbekiston
Yuk poyezdi elektrovozining xufiyona joylarida 971,50 ming dollar, 47,7 ming yevro, 3,4 mln Rossiya rubli topilgan. 04.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-04T12:31+0500
2021-05-04T12:31+0500
2021-05-04T12:31+0500
hodisalar
jinoyat
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) 1 million dollardan ortiq xorijiy valyutani O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqib chiqib ketishga uringan uch kishini qo‘lga oldi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.Avvaliga Qozog‘istonga ketayotgan “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning 2 nafar mashinisti qo‘lga olingan. Ular boshqargan yuk poyezdi elektrovozining xufiyona joylarida 971 ming 50 AQSh dollari, 47 ming 720 yevro, 3 mln 424 ming 500 Rossiya rubli topilgan.Shuningdek, mazkur elektrovoz qayta tekshiruvdan o‘tkazilganda mashinist o‘rindig‘i ostiga yashirib qo‘yilgan qo‘shimcha 1 ming 50 AQSh dollari ham aniqlangan.Ushbu xorijiy valyutalarning milliy valyutadagi umumiy qiymati 11 mlrd 277 mln 447 ming so‘mni tashkil etadi.Dastlabki surishtiruv jarayonlarida Qozog‘istonga olib o‘tish uchun mazkur valyutalarni mashinistlarga Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro berganligi ma’lum bo‘lgan. Tezkor tadbir davomida u ham qo‘lga olingan.Xorijiy valyutalarni qo‘shni davlatga noqonuniy o‘tkazib berish evaziga mashinistlar 300 AQSh dollari olishgan.Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi (Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bilan jinoyat ish ochilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20191212/Fuaro-zbekistonga-snayper-miltiining-nishonga-olish-moslamasini-olib-kirishga-urindi-12995344.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , jinoyat, davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
hodisalar , jinoyat, davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
Mashinistlar Qozog‘istonga 1 mln dollardan ortiq xorijiy valyutani olib chiqishga urindi
Yuk poyezdi elektrovozining xufiyona joylarida 971,50 ming dollar, 47,7 ming yevro, 3,4 mln Rossiya rubli topilgan.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) 1 million dollardan ortiq xorijiy valyutani O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqib chiqib ketishga uringan uch kishini qo‘lga oldi. Bu haqda DXX matbuot xizmati
xabar qildi.
Avvaliga Qozog‘istonga ketayotgan “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning 2 nafar mashinisti qo‘lga olingan. Ular boshqargan yuk poyezdi elektrovozining xufiyona joylarida 971 ming 50 AQSh dollari, 47 ming 720 yevro, 3 mln 424 ming 500 Rossiya rubli topilgan.
Shuningdek, mazkur elektrovoz qayta tekshiruvdan o‘tkazilganda mashinist o‘rindig‘i ostiga yashirib qo‘yilgan qo‘shimcha 1 ming 50 AQSh dollari ham aniqlangan.
Ushbu xorijiy valyutalarning milliy valyutadagi umumiy qiymati 11 mlrd 277 mln 447 ming so‘mni tashkil etadi.
Dastlabki surishtiruv jarayonlarida Qozog‘istonga olib o‘tish uchun mazkur valyutalarni mashinistlarga Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro berganligi ma’lum bo‘lgan. Tezkor tadbir davomida u ham qo‘lga olingan.
Xorijiy valyutalarni qo‘shni davlatga noqonuniy o‘tkazib berish evaziga mashinistlar 300 AQSh dollari olishgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi (Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bilan jinoyat ish ochilgan.