IIV tizimiga 4500 dollar evaziga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

© PixabayZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2021
Obuna bo‘lish
Firibgar fuqaroga bu ishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilishini aytgan.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabariga ko‘ra, fuqaro G‘.Sh. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, 4500 dollar evaziga uni IIV Qorovul qo‘shinlarining quyi tizimiga xizmatga joylashtirib qo‘yishga va’da bergan. U bu ishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilishini aytgan. Tezkor tadbirda gumon qilinuvchi 2500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2021
Prokuraturaga ishga joylashtirish uchun pora talab qilgan “hojatbarorlar” qo‘lga olindi
Mazkur holat yuzasidan G‘.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
Yangiliklar lentasi
0