BMT bosh kotibi Qirg‘iziston va Tojikistonni sulh shartlariga rioya qilishga chaqirdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishGeneralniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy Antoniu Guterrish
Generalniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy Antoniu Guterrish - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2021
Obuna bo‘lish
Antoniu Guterrish 1-may kuni ikki mamlakat o‘rtasida erishilgan o‘t ochishni bas qilish to‘g‘risidagi kelishuvni olqishlagan.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterrish Qirg‘iziston va Tojikistonni sulh shartlariga rioya qilishga chaqirdi. Bu haqda uning rasmiy vakili Stefan Dujarrik brifingda ma’lum qildi.
Guterrish ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotlar va 1-may kuni erishilgan o‘t ochishni bas qilish to‘g‘risidagi kelishuvni olqishlagan.
Voyennie Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘z qo‘shinlarini chegaradan olib chiqishni yakunladi
“U har ikki tomonni sulhga rioya qilinishi uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rishga chaqiradi. Shuningdek, bosh kotib BMT zarur bo‘lgan taqdirda ko‘mak berishga tayyorligini tasdiqlaydi”, - dedi Dujarrik.
Bundan tashqari, Guterrish to‘qnashuv vaqtida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan va jabrlanganlarga tezroq tuzalib ketishni tilagan.
Yangiliklar lentasi
0