https://oz.sputniknews.uz/20210503/sputnik-muxbiri-dilshoda-rahmatova-oltin-qalam-mukofotini-qolga-kiritdi-18605546.html
Sputnik muxbiri Dilshoda Rahmatova “Oltin qalam” mukofotini qo‘lga kiritdi
Sputnik muxbiri Dilshoda Rahmatova “Oltin qalam” mukofotini qo‘lga kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Sputnik Xalqaro axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri Dilshoda Rahmatova (Rossiya) "Oltin qalam" milliy mukofotining "Chet ellik... 03.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-03T18:57+0500
2021-05-03T18:57+0500
2021-05-03T19:51+0500
jamiyat
mukofot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/03/18604976_344:0:2394:1153_1920x0_80_0_0_b2a6607338472fe409fc3d2730ef0c7a.jpg
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Sputnik Xalqaro axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri Dilshoda Rahmatova (Rossiya) "Oltin qalam" milliy mukofotining "Chet ellik jurnalistlarning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun" nominatsiyasida ikkinchi o‘ringa munosib topildi.Toshkentdagi “Turkiston” saroyida "Oltin qalam" milliy mukofoti uchun XV tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.Mukofotni Sputnik jurnalistiga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov topshirdi.Dilshoda Rahmatova 2017-yildan buyon Sputnik O‘zbekiston muxbiri sifatida faoliyat yuritadi. Uning maqolalari va tanlagan mavzulari hamisha o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Uning so‘nggi ishlaridan Toshkent viloyatidagi karantin zonasidagi hayot, Sardoba suv ombori to‘g‘oni yorilishidan jabrlanganlar haqida tayyorlagan reportajlari, Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanishi haqidagi ocherki, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri bilan intervyusini misol tariqasi keltirish mumkin. Sputnik tahririyati hamkasbini chin dildan oliy mukofot bilan muborakbod etadi va keyingi ijodlarida omad va zafarlar tilaydi. Jurnalistni mukofotni qo‘lga kiritgani munosabati bilan shu kunlarda Toshkentdagi mediahaftalikda ishtirok etayotgan “Rossiya segodnya” XAA bosh direktori Dmitriy Kiselov ham qutladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210503/dmitriy-kiselyov-soz-erkinligi-ozbekiston-uchun-songgi-besh-yilning-kashfiyoti-18602810.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/03/18604976_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_215325fc2522a1379fa134f20714cc36.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, mukofot
Sputnik muxbiri Dilshoda Rahmatova “Oltin qalam” mukofotini qo‘lga kiritdi
18:57 03.05.2021 (yangilandi: 19:51 03.05.2021) TOShKENT, 3-may — Sputnik. Sputnik Xalqaro axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri Dilshoda Rahmatova (Rossiya) "Oltin qalam" milliy mukofotining "Chet ellik jurnalistlarning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun" nominatsiyasida ikkinchi o‘ringa munosib topildi.
Toshkentdagi “Turkiston” saroyida "Oltin qalam" milliy mukofoti uchun XV tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Mukofotni Sputnik jurnalistiga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov topshirdi.
Dilshoda Rahmatova 2017-yildan buyon Sputnik O‘zbekiston muxbiri sifatida faoliyat yuritadi. Uning maqolalari va tanlagan mavzulari hamisha o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Uning so‘nggi ishlaridan
Toshkent viloyatidagi karantin zonasidagi hayot,
Sardoba suv ombori to‘g‘oni yorilishidan jabrlanganlar haqida tayyorlagan reportajlari,
Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanishi haqidagi ocherki,
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri bilan intervyusini misol tariqasi keltirish mumkin.
Sputnik tahririyati hamkasbini chin dildan oliy mukofot bilan muborakbod etadi va keyingi ijodlarida omad va zafarlar tilaydi. Jurnalistni mukofotni qo‘lga kiritgani munosabati bilan shu kunlarda Toshkentdagi mediahaftalikda ishtirok etayotgan “Rossiya segodnya” XAA bosh direktori Dmitriy Kiselov ham qutladi.