Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nazorat o‘tkazish punktlari vaqtincha yopildi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovNa granitse Kirgizstana
Na granitse Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolarining xavfsizligi maqsadida nazorat o‘tkazish punktlari vaqtincha yopilgan.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi nazorat o‘tkazish punktlari hozir ishlamayati. Bu haqda Davlat chegarasini muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Nazarali uulu Talantbek ma’lum qildi.
Undan Tojikiston bilan chegaradagi nazorat o‘tkazish punktlarini vaqtincha yopilishi yoki yopilmasligi haqida so‘rashgan. U savolga javob berayotib, 2013-yildan buyon bu birinchi katta to‘qnashuv bo‘lganini ta’kidlagan.
“Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolarining xavfsizligi maqsadida nazorat o‘tkazish punktlari vaqtincha yopilgan. Vaziyat barqarorlashgandan so‘ng bu masala hal qilinadi”, - dedi Nazarali uluu. Uning so‘zlaridan Sputnik Qirg‘iziston iqtibos keltirgan.
Pogranichnik na uchastke granisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2021
Tojik-qirg‘iz chegarasida otishmani to‘xtatishga kelishib olindi
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston bilan chegarada yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida 35 nafar Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘lgan. Yaralanganlar soni 186 nafarga yetgan. Tojikiston tomonidan 16 kishi halok bo‘lgan va 110 ziyod kishi yaralangan. Tasdiqlanganmagan xabarlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 20, yaralanganlar soni esa 160 kishigacha bo‘lishi mumkin.
30 aprelga o‘tar kechasi tomonlar qurolli nizoni to‘xtatishga kelishib oldi. 1-may kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegara hududida o‘t ochishni to‘xtatish va qo‘shinlarni olib ketish to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.
Yangiliklar lentasi
0