O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish hajmi oshdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRabochiy demonstriruyet produksiyu zavoda
Rabochiy demonstriruyet produksiyu zavoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
Obuna bo‘lish
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning 3 oyida yirik korxonalar tomonidan 2,2 mln tonna sement ishlab chiqarilgan.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekistonda joriy yilning 3 oyida yirik korxonalar tomonidan 2,2 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 14,1 % ga oshgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Bu ko‘rsatkich:
- 2021-yilning yanvar oyida 559,3 ming tonna (o‘sish sur’ati 7,3 %)
- 2021-yilning yanvar-fevral oylarida 1,3 mln. tonna (o‘sish sur’ati 18,4 %) tashkil qildi.
Sement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyatida 41 %, Toshkent viloyati 40,5 % hamda Farg‘ona viloyati 9,6 % hissasiga to‘g‘ri keldi.
Yangiliklar lentasi
0