https://oz.sputniknews.uz/20210502/prezident-qibrayda-tashkil-etilayotgan-yangi-ozbekiston-bogiga-kochat-ekdi-18590831.html
Prezident Qibrayda tashkil etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga ko‘chat ekdi
Prezident Qibrayda tashkil etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga ko‘chat ekdi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi bog‘da - odamlar tabiat qo‘ynida osuda dam oladigan so‘lim hududlar yaratiladi, Sun’iy ko‘l, sport maydonlari, bolalar o‘yingohlari, favvoralar quriladi. 02.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-02T11:03+0500
2021-05-02T11:03+0500
2021-05-02T11:03+0500
jamiyat
prezident
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/02/18590443_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_e78cf4a842eb71703253be788bcf49ce.jpg
TOShKENT, 2-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" bog‘i hududiga tashrif buyurdi. Yangi bog‘ hududi 104 gektar maydonni egallagan bo‘lib, u ulkan daraxtning beshta shoxi shaklida bo‘ladi. Bu Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishini ifodalaydi. Bu yerda odamlar tabiat qo‘ynida osuda dam oladigan so‘lim hududlar yaratiladi va kashtan, eman, chinor, lola, lipa bog‘lari barpo etilib, noyob manzarali daraxtlar, butalar va gullar ekiladi. Undan tashqari "Sun’iy ko‘l, sport maydonlari, bolalar o‘yingohlari, favvoralar quriladi. Mustaqillikning 30-yilligiga bag‘ishlangan Istiqlol majmuasi ham shu yerda barpo etiladi. Kelajakda esa, ushbu bog‘ yonida Olimpiya shaharchasi ham bunyod etiladi. Mirziyoyev bu bog‘ O‘zbekistonning yangi qiyofasini, ulkan salohiyatini, ko‘pmillatli xalqimizning jipsligi va ahilligini namoyon etadigan majmua bo‘lishi kerakligini ta’kidlab unga “Yangi O‘zbekiston” deb nom berishni taklif etdi. Yig‘ilganlar bu taklifni qo‘llab-quvvatladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/02/18590443_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_33d446d5537cc79cd4e87132cb970d40.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, prezident, foto
Prezident Qibrayda tashkil etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga ko‘chat ekdi
Yangi bog‘da - odamlar tabiat qo‘ynida osuda dam oladigan so‘lim hududlar yaratiladi, Sun’iy ko‘l, sport maydonlari, bolalar o‘yingohlari, favvoralar quriladi.
TOShKENT, 2-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" bog‘i hududiga tashrif
buyurdi.
Yangi bog‘ hududi 104 gektar maydonni egallagan bo‘lib, u ulkan daraxtning beshta shoxi shaklida bo‘ladi. Bu Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishini ifodalaydi. Bu yerda odamlar tabiat qo‘ynida osuda dam oladigan so‘lim hududlar yaratiladi va kashtan, eman, chinor, lola, lipa bog‘lari barpo etilib, noyob manzarali daraxtlar, butalar va gullar ekiladi.
Undan tashqari "Sun’iy ko‘l, sport maydonlari, bolalar o‘yingohlari, favvoralar quriladi. Mustaqillikning 30-yilligiga bag‘ishlangan Istiqlol majmuasi ham shu yerda barpo etiladi. Kelajakda esa, ushbu bog‘ yonida Olimpiya shaharchasi ham bunyod etiladi.
- Bu yil mustaqilligimizning 30-yilligini nishonlaymiz. Lekin davlatchiligimiz 3 ming yillik. Bu ana shu buyuk tarixni ko‘rsatadigan majmua bo‘ladi. Bu yerga kelgan yoshlarimiz, chet ellik mehmonlar ham shuni anglaydigan dalillar aks ettiriladi, - dedi prezident.
Mirziyoyev bu bog‘ O‘zbekistonning yangi qiyofasini, ulkan salohiyatini, ko‘pmillatli xalqimizning jipsligi va ahilligini namoyon etadigan majmua bo‘lishi kerakligini ta’kidlab unga “Yangi O‘zbekiston” deb nom berishni taklif etdi. Yig‘ilganlar bu taklifni qo‘llab-quvvatladi.