https://oz.sputniknews.uz/20210502/crew-dragon-kosmik-kemasi-4-nafar-astronavt-bilan-erga-qaytdi-18595987.html
Crew Dragon kosmik kemasi 4 nafar astronavt bilan Yerga qaytdi
Crew Dragon kosmik kemasi 4 nafar astronavt bilan Yerga qaytdi
Sputnik O‘zbekiston
Bortida to‘rt nafar astronavt bo‘lgan kosmik kema Atlantika okeanidagi Meksika bo‘g‘oziga muvaffaqiyatli qo‘ndi. 02.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-02T17:57+0500
2021-05-02T17:57+0500
2021-05-02T17:57+0500
dunyoda
kosmos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/02/18596060_0:71:1920:1151_1920x0_80_0_0_51440ae8737f82eeb1534d0aa4972f1c.jpg
TOShKENT, 2-may - Sputnik. SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kosmik kemasi Crew-1 massiyasining ekipaj a’zolari bilan Yerga qaytib keldi va Atlantika okeani hududiga muvaffaqiyatli qo‘ndi, deb xabar qilmoqda NASA. Bortida 4 nafar astronavtlar - Maykl Xopkins, Viktor Glover, Shennon Uoker va Soiti Noguti bo‘lgan kosmik kema Florida shtati yaqinida Meksika bo‘g‘oziga mahalliy vaqt bilan soat 02:57da qo‘ndi. U bundan taxminan 7 soat oldin u Xalqaro Kosmik stansiyadan ajralib chiqqan edi. NASA xabariga ko‘ra, AQSh tarixida astronavtlar tungi qo‘nishi so‘nggi marotaba 1968-yilning 27-dekabrida sodir bo‘lgan edi. O‘shandan "Oy missiyasidan" qaytgan "Apollon-8" kemasi Tinch okeaniga qo‘ngan. Crew-1 missiyasi XKSdagi rossiyalik kosmonavtlar Sergey Rijikovga va Sergey Kud-Sverchkov hamda amerikalik astronavt Ketlin Rubinsga o‘tgan yilning noyabr oyida qo‘shilishgan edi. Ketlin Rubins 17-aprel kuni "Soyuz MS-17" kosmik kemasida Yerga qaytib kelgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/02/18596060_146:0:1775:1222_1920x0_80_0_0_62faaa95edeb9ea4b9e1af95cbe8886f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, kosmos
Crew Dragon kosmik kemasi 4 nafar astronavt bilan Yerga qaytdi
Bortida to‘rt nafar astronavt bo‘lgan kosmik kema Atlantika okeanidagi Meksika bo‘g‘oziga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
TOShKENT, 2-may - Sputnik. SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kosmik kemasi Crew-1 massiyasining ekipaj a’zolari bilan Yerga qaytib keldi va Atlantika okeani hududiga muvaffaqiyatli qo‘ndi, deb
xabar qilmoqda NASA.
Bortida 4 nafar astronavtlar - Maykl Xopkins, Viktor Glover, Shennon Uoker va Soiti Noguti bo‘lgan kosmik kema Florida shtati yaqinida Meksika bo‘g‘oziga mahalliy vaqt bilan soat 02:57da qo‘ndi. U bundan taxminan 7 soat oldin u Xalqaro Kosmik stansiyadan ajralib chiqqan edi.
NASA xabariga ko‘ra, AQSh tarixida astronavtlar tungi qo‘nishi so‘nggi marotaba 1968-yilning 27-dekabrida sodir bo‘lgan edi. O‘shandan "Oy missiyasidan" qaytgan "Apollon-8" kemasi Tinch okeaniga qo‘ngan.
Crew-1 missiyasi XKSdagi rossiyalik kosmonavtlar Sergey Rijikovga va Sergey Kud-Sverchkov hamda amerikalik astronavt Ketlin Rubinsga o‘tgan yilning noyabr oyida qo‘shilishgan edi. Ketlin Rubins 17-aprel kuni "Soyuz MS-17" kosmik kemasida Yerga qaytib kelgan edi.