Birinchi maydan bog‘cha to‘lovlari o‘rtacha 15%ga oshdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDetskiy sadik v Priaralye
Detskiy sadik v Priaralye  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2021
Obuna bo‘lish
Bog‘cha to‘lovlari maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hudud va bolaga qarash davomiyligiga qarab farq qiladi.
TOShKENT, 2-may - Sputnik. O‘zbekiston hududida davlat tassarrufida bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalarining oylik to‘lovlari miqdori 1-maydan boshlab o‘rtacha 15%ga oshdi.
Bu haqida 29-aprel kuni imzolangan 256-sonli Hukumat qarorida aytib o‘tilgan. Tariflar bog‘cha joylashgan hudud va bolaga qarash davomiyligiga qarab farq qiladi.
Toshkent shahri (4-5 soatdan - 9 soatgacha)
birinchi farzand uchun 38 000 - 206 000;
ikkinchi farzand uchun 26 000 - 147 000
Viloyat markazlarida (4-5 soatdan - 9 soatgacha)
birinchi farzand uchun 39 000 - 199 000;
ikkinchi farzand uchun 25 000 - 141 000;
Tuman markazlarida (4-5 soatdan - 9 soatgacha)
birinchi farzand uchun 29 000 - 135 000;
ikkinchi farzand uchun 20 000 - 102 000;
Quyidagi hududlardagi bog‘chalarda to‘lov miqdori 50%ga kamaytiriladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida;
Havoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Hypota tumanlari va Zarafshon shahrida;
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida;
Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida;
Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqurg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida;
Samarqand viloyatining Nurobod, Qushrabot, Urgut, Bulung‘ur, va Paxtachi tumanlarida;
Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Farish, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida;
Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida;
Farg‘ona viloyatining So‘x tumani hamda Farg‘ona tumanining "Shohimardon" va "Yordon" qishloqlarida.
Yangiliklar lentasi
0