https://oz.sputniknews.uz/20210501/astrazeneca-vaktsinasining-yangi-partiyasi-ozbekistonga-iyunda-olib-kelinadi--18585819.html
AstraZeneca vaksinasining yangi partiyasini olib kelish kechikmoqda
AstraZeneca vaksinasining yangi partiyasini olib kelish kechikmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Vaksina kechikishi - Hindistondagi epidemiologik vaziyatga bog‘liq, agar u yerda vaziyat yaxshilanmasa AstraZeneca boshqa davlatdan olib kelinadi. 01.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-01T16:56+0500
2021-05-01T16:56+0500
2021-05-01T18:27+0500
jamiyat
vaksina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18181755_0:179:3071:1906_1920x0_80_0_0_59dbd6fa9990eae08d113f88f6a381f5.jpg
TOShKENT, 1-may — Sputnik. AstraZeneca vaksinasining navbatdagi partiyasi O‘zbekistonga, oldin va’da berilganidek, may oyida emas iyunda olib kelinadi. Bu haqida jurnalistlarga YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade xabar qildi.YuNISEF vakili aytishiga qaraganda, vaksinalar kechikichi - bu vaksina ishlab chiqarilayotgan Hindistondagi epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq. Agar u yerda vaziyat yanada yomonlashsa, vaksina, COVAX dasturi asosida boshqa davlatdan olib kelinadi. “Bu vaksina Koreya Respublikasida ham ishlab chiqarilmoqda. Boshqa variantlar ham ko‘rib chiqilmoqda. Preparat tayyor bo‘lishi bilanoq, biz uni darhol olib kelmaiz”, - dedi vakil. Ayni damda O‘zbekistonga 2 mln doza Xitoy-O‘zbekiston vaksinasi ZF-UZ-VAC 2001, 660 ming dona AstraZeneca hamda 100 mingga yaqin Sputnik vaksinasi olib kelingan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ommaviy emlash jarayoni 1-apreldan boshlangan edi. O‘tgan vaqt davomida respbulikada 770 mingdan ortiq kishi emlangan. Yil oxiriga qadar O‘zbekistonda 7 mln kishi emlanishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210427/xitoydan-yana-million-doza-vaktsina-olib-kelindi-18511532.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18181755_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_1da887f23dd1dd6a9d1ef71196f13ec9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, vaksina
AstraZeneca vaksinasining yangi partiyasini olib kelish kechikmoqda
16:56 01.05.2021 (yangilandi: 18:27 01.05.2021) Vaksina kechikishi - Hindistondagi epidemiologik vaziyatga bog‘liq, agar u yerda vaziyat yaxshilanmasa AstraZeneca boshqa davlatdan olib kelinadi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. AstraZeneca vaksinasining navbatdagi partiyasi O‘zbekistonga, oldin va’da berilganidek, may oyida emas iyunda olib kelinadi.
Bu haqida jurnalistlarga YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade xabar qildi.
“Boshida biz qolgan vaksinalarni may oyida olib kelishni rejalashtirgan edik. Lekin hozir ularni iyunda olib kelishni rejalashtirmoqdamiz. Umid qilamizki vaksina dozalari orasida tanaffus uzoq bo‘lmaydi”, - dedi Mamedzade.
YuNISEF vakili aytishiga qaraganda, vaksinalar kechikichi - bu vaksina ishlab chiqarilayotgan Hindistondagi epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq. Agar u yerda vaziyat yanada yomonlashsa, vaksina, COVAX dasturi asosida boshqa davlatdan olib kelinadi.
“Bu vaksina Koreya Respublikasida ham ishlab chiqarilmoqda. Boshqa variantlar ham ko‘rib chiqilmoqda. Preparat tayyor bo‘lishi bilanoq, biz uni darhol olib kelmaiz”, - dedi vakil.
Ayni damda O‘zbekistonga 2 mln doza Xitoy-O‘zbekiston vaksinasi ZF-UZ-VAC 2001, 660 ming dona AstraZeneca hamda 100 mingga yaqin Sputnik vaksinasi olib kelingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ommaviy emlash jarayoni 1-apreldan boshlangan edi. O‘tgan vaqt davomida respbulikada 770 mingdan ortiq kishi emlangan. Yil oxiriga qadar O‘zbekistonda 7 mln kishi emlanishi rejalashtirilgan.