Jamiyat

Transportda toʻxtash qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori kamaytirildi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka oʻtishZnak "Ostanovka zapreщena"
Znak Ostanovka zapreщena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Transportda toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori BHMning 2 baravari (ilgari 3 baravari) etib belgilandi.
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qonun prezident tomonidan imzolandi.
Havo kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi parvozi yerdagi odamlarning hayoti hamda sogʻligʻiga va (yoki) ularning mol-mulkiga xavf solmagan holda belgilangan yoʻnalishlar va uchish balandliklarida amalga oshiriladi.
Sborka novыx avtomobiley na zavode. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Iqtisod
Rossiya kompaniyalari Oʻzbekistonda avtomobil yigʻishni yoʻlga qoʻyishi mumkin
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartishga muvofiq, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun jarima miqdori qatʼiy belgilandi.
Bunda fuqarolar uchun BHMning 20 baravari (ilgari 20 baravaridan 30 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa – 30 baravari (ilgari 30 baravaridan 50 baravarigacha) miqdorida jarima nazarda tutilgan.
Shuningdek, transportda toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori BHMning 2 baravari (ilgari 3 baravari) etib belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0