https://oz.sputniknews.uz/20210430/tojikistonlik-va-qirgizistonlik-migrantlar-rossiyada-mojarodan-ogohlantirildi-18576487.html
Tojikistonlik va qirgʻizistonlik migrantlar Rossiyada mojarodan ogohlantirildi
Tojikistonlik va qirgʻizistonlik migrantlar Rossiyada mojarodan ogohlantirildi
Mehnatkash migrantlar kasaba uyushmasi raisi Renat Karimov tojik-qirgʻiz chegarasida yuz bergan mojaroni anglashilmovchilik, deya atadi 30.04.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-04-30T21:06+0500
2021-04-30T21:06+0500
2021-04-30T21:06+0500
dunyoda
qirgʻiz-tojik chegarasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1d/18548932_0:113:1200:788_1920x0_80_0_0_43321d0d2f0a7d8ee786d722ab49b230.jpg
TOSHKENT, 30 apr - Sputnik. Rossiya hududida boʻlib turgan tojikistonlik va qirgʻizistonlik mehnat muhojirlari oʻrtasida mojaro yuz bermasligi lozim. Bu haqda "Obщestvennaya slujba novostey"ga bergan intervyusida Mehnatkash migrantlar kasaba uyushmasi raisi Renat Karimov aytib oʻtgan.Uning soʻzlariga koʻra, tojik-qirgʻiz chegarasida avj olgan mojaro "qaygʻuli anglashilmovchilikdir". Karimov ikkala davlat fuqarolari ham tinch-totuv yashashlari kerak, deya taʼkidlab oʻtdi."Qirgʻizlar va tojiklar oʻrtasida Rossiyada hech qanday toʻqnashuvlar boʻlmagan, boʻlmaydi va boʻlishi ham mumkin emas. Ikkalasi ham tinch xalq va allaqanday "razborka"larni hech kim uyushtirmaydi", - dedi Karimov.Sal avval Tojikiston va Qirgʻiziston kuni kecha navbatdagi mojaro avj olgan chegara hududidan oʻz qoʻshinlarini olib ketishni boshlaganlari maʼlum boʻldi.Mojaroni tinchlik yoʻli bilan bartaraf etish masalasini nafaqat ikki davlat milliy xavfsizlik davlat qoʻmitalari rahbarlari va TIV vakillari, balki prezidentlar Emomali Rahmon va Sadir Japarovlar ham muhokama qilishgan edi. Ular diplomatik va tinch yechim topish zarurati haqida gapirishdi.Bundan tashqari, davlat rahbarlari Dushanbeda uchrashishga kelishib oldilar, bu uchrashuv taxminan may oyining ikkinchi yarmida boʻlib oʻtishi belgilangan.May oyining boshida Qirgʻizistonning Batken viloyatida tojik-qirgʻiz davlat chegarasi delimitatsiyasi va demarkatsiyasi boʻyicha hukumatlararo komissiya sammiti boʻlib oʻtadi.Tojik va qirgʻiz aholi orasida mojaro 28 aprel kuni boshlangan edi. Tez orada oddiy janjal spetsnaz va harbiylar aralashgan haqiqiy jangovar harakatlarga aylanib ketdi.Oʻtgan tunda tojik-qirgʻiz chegarasida tinchlik haqidagi kelishuvga qaramasdan otishma toʻxtamadi, ikkala tomondan ham qurbonlar soni oshdi, aholi uylari va infratuzilma obʼyektlari yonib ketgan.Qirgʻiziston Chegara qoʻshinlari maʼlumotiga koʻra, Qirgʻiziston tomonidan 13 fuqaro qurbon boʻlgan va 134 nafari jarohatlangan. Undan tashqari Qirgʻiziston hududida oʻnlab aholi uylari, chegara zastavasi va AYOQSH yonib ketgan.Tojikiston tomoni maʼlumotiga koʻra, boʻlib oʻtgan voqealarda 8 kishi qurbon boʻlgan 110dan ortiq odam yaralangan.Maʼlumot uchun, Tojikiston va Qirgʻiziston orasidagi chegara chizigʻining uzunligi 970 km ni tashkil qiladi, undan 504 km demarkatsiya qilinmagan. Jumladan, "Golovnoy" nomli suv tarqatish uzeli joylashgan hudud ham.
https://oz.sputniknews.uz/20210430/mirziyoev-va-japarov-qirgiz-tojik-chegarasidagi-vaziyatni-hal-qilishni-muhokama-qildi-18567989.html
https://oz.sputniknews.uz/20210430/tojik-qirgiz-chegarasida-otishmani-toxtatishga-kelishib-olindi-18564657.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1d/18548932_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_db3f36f924f71e8aa7d82b0e18a289c5.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qirgʻiz-tojik chegarasi
Tojikistonlik va qirgʻizistonlik migrantlar Rossiyada mojarodan ogohlantirildi
Mehnatkash migrantlar kasaba uyushmasi raisi Renat Karimov tojik-qirgʻiz chegarasida yuz bergan mojaroni anglashilmovchilik, deya atadi
TOSHKENT, 30 apr - Sputnik. Rossiya hududida boʻlib turgan tojikistonlik va qirgʻizistonlik mehnat muhojirlari oʻrtasida mojaro yuz bermasligi lozim. Bu haqda "Obщestvennaya slujba novostey"ga bergan intervyusida Mehnatkash migrantlar kasaba uyushmasi raisi Renat Karimov aytib oʻtgan.
Uning soʻzlariga koʻra, tojik-qirgʻiz chegarasida avj olgan mojaro "qaygʻuli anglashilmovchilikdir". Karimov ikkala davlat fuqarolari ham tinch-totuv yashashlari kerak, deya taʼkidlab oʻtdi.
"Qirgʻizlar va tojiklar oʻrtasida Rossiyada hech qanday toʻqnashuvlar boʻlmagan, boʻlmaydi va boʻlishi ham mumkin emas. Ikkalasi ham tinch xalq va allaqanday "razborka"larni hech kim uyushtirmaydi", - dedi Karimov.
Sal avval Tojikiston va Qirgʻiziston kuni kecha navbatdagi mojaro avj olgan chegara hududidan oʻz qoʻshinlarini olib ketishni boshlaganlari maʼlum boʻldi.
Mojaroni tinchlik yoʻli bilan bartaraf etish masalasini nafaqat ikki davlat milliy xavfsizlik davlat qoʻmitalari rahbarlari va TIV vakillari, balki prezidentlar Emomali Rahmon va Sadir Japarovlar ham muhokama qilishgan edi. Ular diplomatik va tinch yechim topish zarurati haqida gapirishdi.Bundan tashqari, davlat rahbarlari Dushanbeda uchrashishga kelishib oldilar, bu uchrashuv taxminan may oyining ikkinchi yarmida boʻlib oʻtishi belgilangan.
May oyining boshida Qirgʻizistonning Batken viloyatida tojik-qirgʻiz davlat chegarasi delimitatsiyasi va demarkatsiyasi boʻyicha hukumatlararo komissiya sammiti boʻlib oʻtadi.
Tojik va qirgʻiz aholi orasida mojaro 28 aprel kuni boshlangan edi. Tez orada oddiy janjal spetsnaz va harbiylar aralashgan haqiqiy jangovar harakatlarga aylanib ketdi.
Oʻtgan tunda tojik-qirgʻiz chegarasida tinchlik haqidagi kelishuvga qaramasdan otishma toʻxtamadi, ikkala tomondan ham qurbonlar soni oshdi, aholi uylari va infratuzilma obʼyektlari yonib ketgan.Qirgʻiziston Chegara qoʻshinlari maʼlumotiga koʻra, Qirgʻiziston tomonidan 13 fuqaro qurbon boʻlgan va 134 nafari jarohatlangan. Undan tashqari Qirgʻiziston hududida oʻnlab aholi uylari, chegara zastavasi va AYOQSH yonib ketgan.
Tojikiston tomoni maʼlumotiga koʻra, boʻlib oʻtgan voqealarda 8 kishi qurbon boʻlgan 110dan ortiq odam yaralangan.
Maʼlumot uchun, Tojikiston va Qirgʻiziston orasidagi chegara chizigʻining uzunligi 970 km ni tashkil qiladi, undan 504 km demarkatsiya qilinmagan. Jumladan, "Golovnoy" nomli suv tarqatish uzeli joylashgan hudud ham.