Sardoba suv ombori nega o‘pirilgani haqida rasmiy xulosa e’lon qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSituatsiya v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshel proriv dambi na Sardobskom vodoxranilishe
Situatsiya v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshel proriv dambi na Sardobskom vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2021
Obuna bo‘lish
Olib borilgan tadqiqot va tahlillar natijasiga ko‘ra, to‘g‘on o‘pirilishiga bir qator omillar sabab bo‘lganligi aniqlandi
TOShKENT, 30 apr - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, olib borilgan tadqiqot va tahlillar natijasiga ko‘ra, to‘g‘on o‘pirilishiga bir qator omillar sabab bo‘lganligi aniqlangan.
Birinchidan, Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan buyurtmachi xizmatini tashkil etish, loyihalashtirish va qurilish ishlarini olib borishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilgan; inshootni to‘laqonli ekspluatatsiya qilishda mazkur suv omboridan foydalanish qoidalari tasdiqlanmagan, bu jarayonda belgilangan texnik va meyoriy talablar qo‘pol ravishda buzilgan.
Jiteli maxalli Birlik Sardobinskogo rayona, Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2020
Sardoba suv omboridan jabr ko‘rgan hududlarda kasbga o‘qitish maskanlari tashkil etildi
Ikkinchidan, “UzGip” MChJ loyiha tashkiloti tomonidan suv omborining ishchi loyiha hujjatlarini tayyorlash jarayonida tasdiqlangan Texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan yechimlarga rioya qilinmasdan, unga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Ishchi loyiha hujjatlarida to‘g‘onning konstruktiv va seysmik mustahkamligi inobatga olinmagan.
Uchinchidan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning pudrat tashkiloti va yordamchi pudrat tashkilotlari tomonidan to‘g‘on tanasi tuprog‘ining zichligi, filtr va himoya tosh qatlami qalinligi loyihaviy ko‘rsatkichdan past bo‘lishiga yo‘l qo‘yilgan.
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2020
Sardobada toshqini oqibatlarini bartaraf etishga qancha mablag‘ ajratilgani ma’lum bo‘ldi
Sardoba suv omborining loyihalashtirish, qurish va to‘g‘onning ekspluatatsiyasi jarayonida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi holati bo‘yicha buyurtmachi, loyihachi, qurilish tashkilotlari hamda ekspluatatsiya xizmatining 17 nafar mansabdor va mutasaddi shaxslari jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Ayni paytda ularga nisbatan ayblov xulosasi Oliy sud muhokamasiga o‘tkazilgan.
Hozirgi vaqtda esa suv omborini qurish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining qonuniy sarflanganligi yuzasidan jinoyat ishi doirasida taftish va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Vyezd v poselok Sardoba, postradavshiy ot navodneniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2020
Sardobada suv ostida qolgan qabristonlarning manzilli xaritasi tuzildi
Mazkur voqeaga daxldor barcha mansabdor shaxslarning xatti-harakatlariga yaqin kunlarda sud tomonidan huquqiy baho beriladi va bu haqda jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv omborining yemirilishi natijasida o‘tgan yilning 1-may kuni suv toshqini yuz bergan va bir necha aholi punktlari, bino-inshootlar talafot ko‘rgan hamda olti kishi ushbu hodisa qurboniga aylangan edi.
Yangiliklar lentasi
0