https://oz.sputniknews.uz/20210429/mavsumiy-ishlar-63-nafar-fuqaro-janubiy-koreyaga-jonab-ketdi-18549527.html
Mavsumiy ishlar: 63 nafar fuqaro Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi
Mavsumiy ishlar: 63 nafar fuqaro Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarolari ilk marotaba 5 oylik mavsumiy ishlarda ishlash uchun Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi. 29.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-29T12:09+0500
2021-04-29T12:09+0500
2021-04-29T12:12+0500
migratsiya
migrantlar
janubiy koreya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1d/18549230_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1613a89e91f7c04dd7cfc67ec842a812.jpg
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari ilk marotaba 5 oylik mavsumiy ishlarda ishlash uchun Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Kanvondo provinsiyasi, Yanggu okrugi administratsiyasi o‘rtasida mavsumiy ishchilar to‘g‘risida ilk marotaba kelishuv tuzildi.Kelishuvga asosan 2021-yil 16-17 mart kunlari Namangan viloyatida Koreya Respublikasi Yanggu okrugi hududida 5 oylik mavsumiy ishlarda (E-8 vizasi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Koreya Respublikasi kompaniyasi vakillari tomonidan tanlov o‘tkazilgan edi.Tanlovda 35-45 yosh oralig‘idagi, oilali, sog‘lom, sudlanmagan, Koreya Respublikasi hududiga kirish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishda taqiqi bo‘lmagan va xorijga chiqish pasportiga ega Namangan viloyatida doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etgan edi."Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarni koreyalik vakillar tomonidan o‘rnatilgan tartibda ketishdan oldingi o‘qitish va majburiy karantinda saqlash ishlari amalga oshirildi", - deyilgan xabarda.Kuni kecha fuqarolarning dastlabki guruhi, ya’ni 63 nafari Toshkent xalqaro aeroportidan charter reys orqali Koreya Respublikasida 5 oylik mavsumiy ishlarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘nab ketdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1d/18549230_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1caf1efc8ce8465fab7597fa64b43a24.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, janubiy koreya
migratsiya, migrantlar, janubiy koreya
Mavsumiy ishlar: 63 nafar fuqaro Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi
12:09 29.04.2021 (yangilandi: 12:12 29.04.2021) O‘zbekiston fuqarolari ilk marotaba 5 oylik mavsumiy ishlarda ishlash uchun Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari ilk marotaba 5 oylik mavsumiy ishlarda ishlash uchun Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Kanvondo provinsiyasi, Yanggu okrugi administratsiyasi o‘rtasida mavsumiy ishchilar to‘g‘risida ilk marotaba kelishuv tuzildi.
Kelishuvga asosan 2021-yil 16-17 mart kunlari Namangan viloyatida Koreya Respublikasi Yanggu okrugi hududida 5 oylik mavsumiy ishlarda (E-8 vizasi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Koreya Respublikasi kompaniyasi vakillari tomonidan tanlov o‘tkazilgan edi.
Tanlovda 35-45 yosh oralig‘idagi, oilali, sog‘lom, sudlanmagan, Koreya Respublikasi hududiga kirish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishda taqiqi bo‘lmagan va xorijga chiqish pasportiga ega Namangan viloyatida doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etgan edi.
"Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarni koreyalik vakillar tomonidan o‘rnatilgan tartibda ketishdan oldingi o‘qitish va majburiy karantinda saqlash ishlari amalga oshirildi", - deyilgan xabarda.
Kuni kecha fuqarolarning dastlabki guruhi, ya’ni 63 nafari Toshkent xalqaro aeroportidan charter reys orqali Koreya Respublikasida 5 oylik mavsumiy ishlarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘nab ketdi.